Xenderson: "Angliya termasi mundialda munosib o'yin ko'rsata oldi"
12 iyu 2018 11:12
Yangiliklar
Xenderson: "Angliya termasi mundialda munosib o'yin ko'rsata oldi"
Angliya termasi futbolchisi Jordan Xenderson final ostonasida Xorvatiyadan (1:2) uchralgan mag'lubiyatdan keyingi fikrlarini bildirdi.
"Barchasi joyida, ayni damda barchamix extiroslarga berilganmiz, mag'lubiyatni qabul qilish og'ir bo'lmoqda. Turnirni munosib ravishda o'tkazyapmiz, o'z termamiz bilan faxrlanamiz. Ha, biz finalga chiqa olmadik, ammo bugun maydonda bor kuchimiz bilan harakat qildik va kerakli tajribani to'pladik. Bizning termamiz anchagina yosh, ular bilan kelajagimiz porloq bo'ladi.
Biz g'alabaga yaqin edik, yaxshi vaziyatlarni yaratgandik. Ikkinchi bo'limda xorvatlar bizga qarshi qattiq bosim uyushtirishdi, biroq biz ikkinchi golni o'tkazib yubormasligimiz kerak edi. O'yinda mag'lub bo'ldik, barchamiz xafamiz, ammo bu tajriba bizga kelajakda yordam berishi aniq", - deb yakunladi so'zlarini Jordan Xenderson.
Fikrlar