So’nggi yangiliklar

21:26Ла Лига. "Реал Мадрид" қийин ўйинда "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, мадридликлар 32-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди  45 21:06Суперлига. Бир киши кам бўлиб қолган "Пахтакор" "Нефтчи"ни мағлуб этди  204 21:03"Бешиктош" — "Истанбул Башакшехир". Таркиблар маълум  7 20:36"Вест Хэм" — "Тоттенхэм". Таркиблар маълум  0 20:13"Ювентус" — "Интер". Таркиблар маълум  3 20:04"Персеполис" — "Фулад". Таркиблар маълум  3 20:00"Қўқон-1912" "Қизилқум"нинг мағлубиятсиз сериясига чек қўйди  11 19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  21 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  1 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  1

Xavining bir yil oldin "Paxtakor" darvozasiga kiritgan "shedevr"i esingizdami? O'sha "sanat asari"ni suratlar ketma-ketligida yodga olamiz Yangiliklar

Xavining bir yil oldin "Paxtakor" darvozasiga kiritgan "shedevr"i esingizdami? O'sha "sanat asari"ni suratlar ketma-ketligida yodga olamiz

Ayni paytda dunyoning deyarli barcha burchaklarida sport, xususan futbol uchrashuvlari vaqtincha to'xtatilgan.

"Championat.asia" ijodkorlari imkon qadar o'yinlar yo'q paytda ham o'quvchilarni zeriktirib qo'ymaslikka harakat qilmoqda. Bugun yana bir bor tarixga murojaat qilmoqchiman. Umid qilaman-ki, uyda zerikib qolgan o'quvchilarimiz uchun bu qiziq mahsulot bo'ladi.

Yodingizda bo'lsa Osiyo CHempionlar ligasining o'tgan yilgi mavsumida Toshkentning "Paxtakor" jamoasi "D" guruhida Qatarning "Al Sadd", S.Arabistonining "Al Ahli" va Eronning "Persepolis" jamoalari bilan birga kurash olib borgandi. Guruh bellashuvlarining 3-turida SHota Arveladze shogirdlari o'z uylarida "Al Sadd"ni qabul qilishgan. U paytlari ispaniyalik maestro Xavi hali qatarliklar safida futbolchi sifatida to'p tepardi (hozir Xavi "Al Sadd" bosh murabbiyi). 32 mingdan ziyod muxlis kelgan o'sha uchrashuvda 2:2 hisobi qayd etilgandi. Mehmonlar safida har ikkala golni ham Xavi kiritgan. SHu kuni stadionga kelgan ishqibozlar ikkita shedevr gol guvohi bo'lishgandi. Xavi va Hojiakbar Alijonov ijrosida. Quyida Xavining Sanjar Quvvatov darvozasiga jarimadan kiritgan "sanat asari"ni "Championat.asia" fotograflarining obektivlariga tushgan kadrlar yordamida yana bir bor etiboringizga havola etamiz. Zero, ushbu suratlar bir yil oldin ham o'quvchilar tomonidan yaxshi qabul qilingandi.

OCHL, "D" guruhi
3-tur, 09.04.2019
"Paxtakor" markaziy stadioni, Toshkent
"Paxtakor" - "Al-Sadd" 2:2
Bosh hakam:
Fu Ming (Xitoy)
Gollar: H.Alijonov 9, D.CHeran 41 - Xavi 6, 16.

"Paxtakor": 35.Sanjar Quvvatov, 3.Hojiakbar Alijonov, 7.Sadriddin Abdullaev (27.Sardor Sobirxo'jaev, 69), 9.Jaloliddin Masharipov, 10.Dragan CHeran, 11.Igor Sergeev (21.Marat Bikmaev, 65), 17.Dostonbek Hamdamov (99.Javohir Sidiqov, 88), 20.Odiljon Hamrobekov, 23.SHerzod Azamov, 29.Vladimir Kozak, 34.Farruh Sayfiev.

"Al-Sadd": 22.Meshal Barsham, 2.Pedro Korreya, 5.Vu Yung (20.Salim Al Hajri, 76), 6.Xavi (8.Ali Asadilla, 82), 11.Bag'dod Bunedja, 12.Hamid Ismoil, 14.Gabi, 15.Toriq Salmon, 16.Bualem Huhi, 66.Yosir Isa (10.Hasan Al Haydos, 60), 78.Akrom Hassan Afif.

Ogohlantirishlar: Pedro Korrea 32, Akrom Afif 47.


Odil Hamrobekov tomonidan Bag'dod Bunedjaga nisbatan ishlatilgan qo'pollik va ...


"Paxtakor"ni sardor sifatida boshlab tushgan SHerzod Azamov hakam jarima zarbasi belgilaganiga mana shunday reakciya qilgandi.


Maestro o'z ishini alo darajada bajardi.




VIDEO

TAS-IX emas



SHu o'rinda "Paxtakor"ning o'ng qanot himoyachisi Hojiakbar Alijonovning "pushkasi"ni ham etibordan chetda qoldirmoqchi emasman. Ushbu golni "Paxtakor" darvozasi tomonda, to'g'ridan turib tomosha qilgan odam sifatida aytishim mumkin-ki, Alijonovning goli Xavinikidan ortiq bo'lsa bor-ki, aslo kam emas. Zarbaning traektoriyasini shundoqqina kuzatgandim. Afsuski, "Sport TV"ning hozirgi texnik imkoniyatlari bunaqangi shedevr golning bor jozibasini ochib bera olmaydi.

Hojiakbarning goli qay darajada bo'lganiga Dragan CHeranning munosabati ham baho bo'la oladi.


O'tgan mavsum "Paxtakor" 8 ochko bilan guruhda qolib ketgan bo'lsa, "Al Sadd" 10 ochko bilan guruhni peshqadam sifatida yakunlagan. Keyinchalik esa qatarliklar yarim finalga qadar etib borishgan va final ostonasida bo'lajak chempion "Al Hilol" (S.Arabistoni)ga ikki o'yin natijasiga ko'ra mag'lub bo'lishgan (1:4, 4:2).

FOTO  Xavi, yomg'ir va 4 ta gol. "Paxtakor" - "Al Sadd" o'yinidan suratlarni tomosha qiling

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика