Xavi: "Maqsadimiz - ikkinchi o'rin"
20 apr 2022 21:25
Yangiliklar
Xavi: "Maqsadimiz - ikkinchi o'rin"
"Biz haqiqatni tan olishimiz kerak, lekin o'z ishonchimizni zarracha ham o'zgartirmoqchi emasmiz.
"Atletiko", "Real Madrid", "Sevilya" singari buyuk ispan klublarini mag'lub etdik. Xuddi shu ruhda davom etishimiz kerak.
Birgalikda yanada yaxshiroq o'yin ko'rsatishimiz, raqobatbardosh bo'lishimiz, ishonch va xohishga ko'proq ega bo'lishimiz lozim. Haqiqat shundaki, sovrinlar uchun kurashmayapmiz. Biz har qachongidan ham kamtarroq bo'lishimiz va ikkinchi o'rin haqida o'ylashimiz kerak.
Ikki-uch hafta oldin bizni La Ligadagi chempionlik uchun kurash ruhlantirgandi, hozir esa bundan juda uzoqdamiz. Maqsadimiz - ikkinchi o'rin uchun kurash. Noyabrdagidek ahvolimiz yomon emas, ammo yanada yaxshilanishimiz kerak", - dedi "Barselona" ustozi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar