Xavi: "Gvardiola – bugungi kundagi eng yaxshi murabbiy"
23 fev 2023 11:30
Yangiliklar
Xavi: "Gvardiola – bugungi kundagi eng yaxshi murabbiy"
Gvardiola hozirda "Manchester Siti"ni boshqarmoqda.
"Gvardiola – bugungi kundagi eng yaxshi murabbiy. Men uning qo'l ostida musobaqalarda qatnashganman, u bilan boshqa murabbiylar orasida juda katta farq bor, jumladan men bilan ham. Pep – har jihatdan daho. U inson emas. U butunlay boshqa mavjudot.
Biz birga o'ynaganmiz, keyin u mening murabbiyim bo'ldi. Uning Angliyada erishgan yutuqlari meni hayratda qoldirgani yo'q. Men u bularga erishishini bilardim.
Men va Pep oramizda malum bir bog'liqlik bor. Esimda, o'ynab yurgan paytlarimda "biz falon sabablarga ko'ra, buni qilishimiz kerak", deb o'ylab qo'yardim. Biz kiyinish xonasiga tushsak, Pep aynan shu narsani aytardi.
U uchrashuvlarga fantastik tarzda tayyorgarlik ko'rardi. Uning aytganlari har doim amalga oshardi. Undan ko'p narsalarni o'rganganman", – dedi Xavi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar