So’nggi yangiliklar

20:33"Шарлеруа" — "Антверпен". Таркиблар маълум  0 20:10Суперлига. "Бунёдкор" – "Бухоро" (матнли трансляция)  3 20:05Суперлига. "Машъал" — "Андижон" 1:0 (матли трансляция)  26 20:04АПЛ. "Челси" ва "Кристал Пэлас" ўртасидаги Лондон дербиси нурсиз дуранг билан якунланди  13 19:55Суперлига. "Қўқон-1912" ўз майдонида "Сурхон"ни ишончли ҳисобда енгди  4 19:34"Манчестер Юнайтед" — "Арсенал". Таркиблар маълум  10 18:41Расмус Хойлундга Германиядан даъвогар пайдо бўлди  0 17:43ПСЖ футболчиси АПЛ клуби сафига ўтди  1 16:36"Манчестер Сити" Родриго бўйича қарор қабул қилди  6 16:04ПСЖ форварди АПЛга йўл олиши мумкин  0 15:31"Нефтчи" Наманганда "Навбаҳор"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 15:13"Рома" АПЛдаги футболчини 20 млн еврога харид қилиш ҳуқуқи билан 3 млн еврога ижарага олди  2 14:41Де Хеа "Манчестер Юнайтед"га қайтиши мумкин  2 14:08"Ювентус" "Лилль" вингерини сотиб олмоқчи  0 13:25"Рома" Санчонинг молиявий талабларини қондира олмайди  0

Xavi Garsiya: "Villash-Boash "Zenit"ga kelishimga katta rol o'ynadi" Yangiliklar

Xavi Garsiya: "Villash-Boash "Zenit"ga kelishimga katta rol o'ynadi"

"Zenit" jamoasining yangi azosi Xavi Garsiya piterliklar futbolchisi sifatida jurnalistlar savoliga javob berdi.

- Siz avvalgi jamoadoshlariz Vitsel va Garay bilan gaplashib oldingizmi? Ular nimalar deyishdi?
-Ha, ushbu ikkala futbolchilar bilan gaplashishga ulgurdim. Vtselning aytishicha, klub ajoyib ekan. Nafaqat jamoa, balki shahar ham juda chiroyli ekanligini aytib o'tdi. Garay ham bu fikrlarga qo'shildi va bu erda o'ynash yoqimli ekanligini yashirmadi.

- Sevgan qizingiz o'zining "Instagram"dagi sahifasida sizni yangi hayot kutayotganligi rasmda izoh sifatida yozib qoldiribdi. "Zenit" safiga o'tish bu siz uchun nima?
- Hahaha, bu haqida bilmagandim. Men undan bu haqida hech kimga aytmasligini so'ragandim. Endi esa jamoa bilan shartnoma imzolab bo'ldim va men baxtliman. "Zenit"ga o'tish bu men uchun yangi qadam. Bu nafaqat men uchun, balki sevgan qizim va qizalog'im uchun ham qiziqarli bo'lishi aniq.

-Yangi ustozingiz Villash-Boash bilan gaplashib oldingizmi?
-Aslini olganda men u bilan telefonda ko'p marotaba gaplashdim. Meni "Zenit"ga o'tishimda uning roli katta bo'ldi. Andre Villash-Boash klubning kelajakdagi rejalari va maqsadlari haqida so'zlab berdi. Biz yuqori maqsadlar sari dadil intilamiz. O'ylaymanki, kerakli natijalarni qo'lga kirita olamiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика