Xavi: "Bavariya"ni yutsak, mo'jiza deb hisoblamayman"
08 dek 2021 23:30
Yangiliklar
Xavi: "Bavariya"ni yutsak, mo'jiza deb hisoblamayman"
"Juda katta ishonch bilan uchrashuvga etib keldik va uchrashuvning boshlanishini sabrsizlik bilan kutyapmiz. Biz dunyoning eng kuchli raqiblaridan biriga qarshi o'ynaymiz. "Bavariya" - ayni damda jahonning eng yaxshi jamoalaridan biri, undan tashqari, safarda o'ynaymiz. Bu holatni yanada qiyinlashtiradi. G'alabaga erishsak, davom etamiz. Demak, bu final.
Tarix bizning Myunxenda g'alaba qozonmaganimizni aytmoqda. "Bavariya"ga qarshi o'yinlar qiyin o'tgan. Tarix esa o'zgartirish uchun kerak.
Kurashishga tayyormiz deb o'ylayman, biroq bu "Bavariya" bilan bo'layotgani - eng yaxshi scenariy emas. Umid qilamanki, "Bavariya"ga mag'lub bo'lsak, ruxan sinib qolmaymiz. "Bavariya" qiyin raqibligini bilamiz, ammo ularni mag'lub etishga urinib ko'ramiz.
Barchasi o'zimizga bog'liq. SHu sababli "Bavariya"ni mag'lub etsak, mo'jiza deb hisoblamayman. "Barsa" istalgan raqibni yutishi shart", - dedi Xavi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar