Xarri Maguayr: "Nihoyat "Liverpul"ni mag'lub qildik, bu yoqimli"
19 okt 23:47
Yangiliklar
Xarri Maguayr: "Nihoyat "Liverpul"ni mag'lub qildik, bu yoqimli"
"Bu g'alaba ko'p narsalarni anglatishi kerak. So'nggi yillarda "Liverpul" bizni mag'lub qilayotgandi va bu bizning klub uchun yaxshi holat emasdi. Muxlislarimizga bugungidek xursandchilikni taqdim qila olmayotgandik. Shu sababli bu g'alaba ko'pga tatiydi, "Enfild"ga kelib, 3 ochko olib ketdik.
Bu klub va muxlislar uchun shunchaki 3 ochko emas. 7 yildan buyon bu stadionga kelib, g'alaba qozonmayotganimiz og'ir holat edi. Bu g'alaba muxlislar uchun, umid qilamanki, muxlislar bu kechani yaxshi o'tkazadilar.
"Liverpul"ni nihoyat mag'lub qildik, bu yoqimli. Futbol - bu yoqimli xotiralar, o'zgacha hissiyotlarni taqdim qilishi kerak. Muxlislar uylariga yorqin hissiyotlar olib qaytishadi, biz esa xursand bo'lib qaytamiz.
Boshimizni tushirmadik, chunki bu klub buni talab qilmaydi. Buni biz ishtiyoq sifatida qabul qilamiz. Bu klub uchun muhim hafta bo'ldi. Oldinda "Brayton"ga qarshi o'yin bizni kutmoqda. Demak sovuqqonlikni saqlab qolish kerak", - dedi Maguayr.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar