So’nggi yangiliklar

20:50Ёмғирли ГАЛЕРЕЯ  1 20:41Бир йил футбол ўйнамаган Неймар ОЧЛ баҳсида майдонга тушиши мумкин  0 20:38Оллоберган Каримов: "Орзуларимдан бири амалга ошди. Аргентина билан муносиб ўйнадик"  0 20:20Англия футбол ассоциацияси Гвардиола билан боғланди, мураббий тез орада қарор қабул қилади  0 18:51Жамшид Искандеров: "Йигитлар эртанги ўйинга 100 фоиз тайёр!"  8 18:39Аббос Файзуллаев - ЦСКАнинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси  5 18:22ЎФА ходими: Файзуллаев эртанги ўйинга тайёр   9 17:43Роналду "Барселона" футболчиси билан ҳазиллашди  6 17:25"Барселона" раҳбарияти Хавидан iPhone ва iPad'ларни қайтаришни сўрамоқда  13 17:01Испаниянинг мағлубиятсиз серияси нечта ўйинга етди?   2 16:45Аббосбек Файзуллаев эртага майдонга туша оладими?!  20 16:41Тошкентга келган БАА ҳужумчиси охирги уч ўйинда дарвозага умуман аниқ зарба бермади  13 16:36"Арсенал"ни стандартлар бўйича Европанинг энг кучли жамоасига айлантирган мураббий  1 16:20"Барселона" "Арсенал"дан текинга футболчи олмоқчи  0 16:01Симеоне январда кетмоқчи эмас  0

Xalqdan so'ralishi kerak bo'lgan uzr Yangiliklar

Xalqdan so'ralishi kerak bo'lgan uzr

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Indoneziyada o'tayotgan Osiyo o'yinlaridagi yurishini chorak finalda to'xtatdi.

Bizni musobaqadan Son Xyon Min boshchiligidagi Janubiy Koreya chiqarib yubordi. Ushbu o'yin haqida kecha hamkasbim SHahboz Beg'amov maqola yozgan edi. Men esa o'yindan keyingi jarayonlar haqida ikki og'iz to'xtalib o'tmoqchiman.



Hammada kayfiyat yo'q, har kim o'zicha kimnidir aybdor qilgan bo'ldi. Terma jamoamiz futbolchilari esa o'zlarining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali birin-ketin muxlislarga murojaat qilishib xalqimizdan va muxlislardan uzr so'rashdi. Bu holat meni mamnun qildi, to'g'risi. Yigitlarimiz oriyatli ekanligiga guvoh bo'ldik. Sababi, ular muxlislarga nasib qilsa chempion bo'lib qaytishga harakat qilamiz deyishgandi va vazifani uddalay olishmaganidan so'ng barchadan kechirib so'rashdi. Qilingan xato yoki bajarilmagan ish uchun uzr so'rash mardning ishi. Futbolchilarimizning murojaatlarini o'qib chiqar ekanman ularning ichidan nimalar o'tayotganini his qilishga urinib ko'rdim. Ular VATANdan, xalqimizdan, muxlislardan uzr so'rashgan va mag'lubiyatga qaramay ularni qo'llab-quvvatlayotganliklari uchun minnatdorchiliklarini bildirishgan va bu narsa ularga kelajakda kuch berishini yozishgan.

Ikrom Aliboev: "Muxlislar uchun ham yanada kuchli bo'lib qaytishimiz kerak"


Rustam Ashurmatov: "Muxlislar, jamoadoshlarim va O'zbekiston xalqidan uzr so'rayman"


Dostonbek Hamdamov: "Bizni hali ko'p ishlar kutmoqda, hammaga omad"


Akrom Komilov: "Xalqimiz, muxlislarimiz oldida aybdormiz va buni tan olamiz"


SHaxsan men o'yinchilarimizni keskin tanqid qilmayman. To'g'ri, biz g'alabani koreyslarga o'zimiz berib qo'ydik, o'z xatolarimiz qimmatga tushdi. Lekin, o'yin jihatidan ular yaxshi harakat qilishdi. Bugun o'yin bo'yicha ustunlik qilgan bo'lsak, erta-indin tablodagi hisobda ham ustunligimizni namoyish eta olamiz. Har holda, bugungi o'yinimiz shunga umid bag'ishlamoqda.


Xalqdan so'ralishi kerak bo'lgan uzr boshqa manzilga ketdi...

Bir qarashda hammasi mantiqan to'g'ri ketayotgan edi, futbolchilarimizning murojaatlaridan so'ng muxlislar ularni qo'llashdi. Ammo, kecha yarim tunda O'zbekiston futbol Associaciyasining telegramdagi rasmiy kanaliga "Ravshan  Haydarov va futbolchilarning Janubiy Koreyaga qarshi o'yindan keyingi murojaati" nomi bilan video joylandi. Antiqa video sal o'tib kanaldan o'chirib tashlandi. Lekin, ular kech qolib bo'lishgan edi. Bugungi kunda rasmiy kanalda chiqqan narsani malum vaqt o'tib o'chirib tashlagandan foyda yo'q, o'sha malumot boshqa joylarga ham tarqalib ketishi uchun 1 daqiqa ham ko'plik qiladi.

Videoni ko'rishni boshlar ekansiz hayron bo'lishingiz tabiiy. O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov, jamoa azolari Jaloliddin Masharipov, Odilbek Hamrobekov, Botirali Ergashev va Andrey Sidorov bir qator bo'lib turib olishgan. Bir qarashda hammasi normal holatdek ko'rindi. Lekin, Ravshan Haydarov gapirishni boshladi va hayratim oshib boraverdi. Negadir avvaliga murabbiy, ketidan Hamrobekov va Masharipov O'FA birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonovdan uzr so'rashni boshlashdi. SHu bilan birga yaratib berilgan sharoitlar uchun minnatdorchilik ham bildirildi nutq orasida. Barcha birdek Ahmadjonovdan kechirim so'radi. Nima uchun aynan O'FA birinchi vice-prezidenti? Aslida, videodagi uzr xalqimizdan va muxlislardan so'ralishi kerak edi. SHunda to'g'ri bo'lardi. Xalqdan so'ralishi kerak bo'lgan uzr boshqa manzilga ketib qoldi. Bu nimasi? Nega endi shuncha mexnat qilgan o'yinchilarimiz va murabbiy alohida shaxsdan kechirim so'raydi. Bu videodan maqsad nima? SHaxsni ideallashtirishmi? Kechirib qo'yasiz, har qanday holatda ham uzr faqat va faqat xalqdan so'ralishi kerak. Ochig'i, bunday bir guruh bo'lib qandaydir uddalanmagan vazifa uchun alohida shaxsdan kechirim so'ralganini eslolmadim.

Men bu videodagi murabbiy va futbolchilarimizni ayblamayman. Ular ham aytilgan ishni qilishgan. Yigitlarning murojaatlarini etiboringizga havola etdik. Ular aynan VATAN, xalq va muxlislardan uzr so'rashgan. Videoda esa...



Bu videoyozuv kim uchun qilinganining ahamiyati yo'q, bu umuman mantiqqa to'g'ri kelmaydigan narsa. Kimni haqqi bor shuncha mexnat qilgan va mag'lubiyatdan ich-etini eb yotgan yigitlarimizni alohida bir insondan kechirim so'rashga undashga. Yana videoni oxirida hamma birdek qo'lini ko'ksiga qo'yib Umid Ahmadjonovga rahmat aytdi. Bunisi endi hammasidan oshib tushdi. Qo'llar ko'ksga qo'yilgan holda faqat xalqimizdan uzr so'ralishi kerak. Ularni g'alabada ham, mag'lubiyatda ham birdek qo'llagan muxlislardan so'ralishi kerak edi aslida.

Nima bo'lganda ham bunday mag'lubiyatlar futbolchilarimizni yanada kuchli qilishi kerak. SHunga umid qilib qolamiz va ularni qo'llab-quvvatlaymiz. Videoni tashkillashtirganlarga esa aytar gapimiz yo'q...

Maqolani Rustam Ashurmatovning instagramdagi murojaatini keltirish bilan tugatishni maqul ko'rdim: "Qo'llab-quvvatlagan barchaga rahmat, borilarga shukr. Biz futbolchilar doim muxlislar, vatanimiz uchun harakat qilamiz. G'alaba qozonishni juda ham xohlagandim, lekin doim ham biz xohlagan narsa bo'lavermas ekan. Ushbu o'yin uchun, bugungi xatolar uchun barcha muxlislardan, Vatanimdan, jamoadoshlarimdan, O'zbekiston xalqidan uzr so'rayman. Barchasi uchun rahmat".


Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +70   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика