Xakim Fuzaylov: "Messi yoki Ronaldu ham penaltidan foydalana olmagan o'yinlar bo'ladi"
13 apr 19:33
Yangiliklar
Xakim Fuzaylov: "Messi yoki Ronaldu ham penaltidan foydalana olmagan o'yinlar bo'ladi"
O'yin haqida
- Biz qiyin o'yin bo'lishini kutgandik. OKMK hujumkor jamoa, biz ularga qarshi tura olish uchun bir nechta rejalarni ishlab chiqdik. Vaziyatlarimiz bo'ldi, foydalana olmadik. Futbol shunaqa o'yin, raqib so'ngi daqiqadagi imkoniyatidan foydalandi va g'alabani qo'lga kiritdi. OKMK jamoasini g'alaba bilan tabriklayman.
- Penalti haqidagi fikringiz qanday? Dilshod Jo'raev tepishni o'zi hohladimi yoki murabbiylar shtabining qarori shunday edimi?
- Mashg'ulotlarda ishlaymiz, penaltilarni hamma ham amalga oshirishi mumkin. Kim ruhan tayyor bo'lsa, o'ziga ishonsa, o'sha tepadi. Bu lotoreya, bo'lib turadigan holat. Kerak bo'lsa, Messi yoki Ronaldu ham penaltidan foydalana olmagan o'yinlar bo'ladi.
- Aprel oyida tig'iz taqvim bo'ladi. Jamoangiz tiklanishi va zaxiralar bo'yicha qanchalik qiyinchiliklarga duch kelayapsiz?
- Bu albatta qiyin. Superliga va kubok o'yinlarini o'tkazayapmiz. Tiklanish oson bo'lmaydi. Lekin OKMK jamoasida ham ayni shu holat. Mag'lubiyat uchun sabab sifatida buni ko'rsatmoqchi emasman.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar