Xabi Alonso: "G'alabaga tayyorlanyapmiz"
10 jan 15:51
Yangiliklar
Xabi Alonso: "G'alabaga tayyorlanyapmiz"
- "Real" bu o'yinga qanday qaramoqda?
- Bu o'zgacha o'yin. Superkubok taqvimini ko'rib, shu erda bo'lishni istagandik. Bu final, shu sababli kurashishni va g'alaba qozonishni bilish kerak. Biz tayyormiz.
- "Real"ni favorit sifatida ko'rishmayapti.
- Barcha narsa bo'lishi mumkin. Biz ertangi o'yinda nimalar qilishimizga bor etiborimizni qaratganmiz.
- Bu bahsga ham "Santyago Bernabeu"dagi kabi tayyorlandingizmi?
- "Atletiko"ga qarshi o'yin oldidan ham shunday deyishgandi. "Metropolitano"dagi o'yin biz uchun mo'ljal emasdi va bu o'yinni unutdik. Hozir ham deyarli shunday holat, faqat kontekst biroz boshqacha. O'zimizga bo'lgan ishonch va ko'proq kuchga ega ekanligimiz juda muhim.
- Jamoadagi qaysidir futbolchi bu qiyin o'yin bo'ladi, deb hisoblaganlarga nima degan bo'lardingiz?
- Bu futbol. Istalgan ishlar bo'lib ketishi mumkin. Biz g'alabaga tayyorlanyapmiz. O'z kuchimizga ishonamiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar