Xabi Alonso: "Bu "Bayer" uchun yaxshi natija"
16 sen 2023 08:57
Yangiliklar
Xabi Alonso: "Bu "Bayer" uchun yaxshi natija"
"Bayer" bosh murabbiyi "Bavariya"ga qarshi o'yinda qayd etilgan durangdan (2:2) mamnun.
Leverkuzenliklar 94-daqiqada Eksekiel Palasiosning penaltidan urilgan goli sabab mag'lubiyatdan qutulib qolishdi.
"O'yin qiziq o'tdi, har ikki jamoada ham golli vaziyatlar bo'ldi. Durang - biz uchun yaxshi natija.
O'yinning boshida omadimiz kelmadi, keyin esa biroz o'zimizga keldik, keyin esa to'pni nazorat qila boshladik va vaziyatlar paydo bo'ldi.
"Bavariya"ning ikkinchi golida yaxshi himoyalana olmadik. Ammo oxirigacha kurashdik", - dedi Xabi Alonso.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Роналду кечаги мағлубиятдан сўнг ўз фикрини билдириб ўтди
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
Fikrlar