Xabi Alonconi "Real"da nimalar kutayotgani malum bo'ldi
12 jan 14:36
Yangiliklar
Xabi Alonconi "Real"da nimalar kutayotgani malum bo'ldi
Biroq ispan OAV xabar berishicha, klub prezidenti Florentino Peres keskin qadamlar tashlash niyatida emas. Manbalarga ko'ra, "Real" rahbariyati hozircha Xabi Alonsoni ishdan bo'shatishni rejalashtirmayapti, ammo uning keyingi taqdiri navbatdagi o'yinlar natijalariga bevosita bog'liq bo'ladi.
Klubda vaziyat tarang ekanini yaxshi tushunishmoqda: jamoa "Barselona"dan uchta gol o'tkazib yuborib, Superkubokni boy berdi va o'yinga nisbatan savollar ko'paymoqda. Shunga qaramay, Peres hissiyotga berilgan qaror qabul qilmaslikka va murabbiyga vaziyatni o'zgartirish uchun imkoniyat berishga qaror qildi.
Ayni paytda madridliklarning ahvoli quyidagicha: La Ligada jamoa 45 ochko bilan ikkinchi o'rinda bormoqda va "Barselona"dan 4 ochkoga ortda. Chempionlar Ligasida esa jamoa 12 ochko bilan ettinchi pog'onani egallab turibdi.
"Real"ning navbatdagi uchrashuvi Ispaniya Kubogining 1/8 finali doirasida "Albasete"ga qarshi bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar
Klopp axmoq emas xozirgi xolatda.
Shuning uchun imkon beradiyamda.
Barbir Alonso borasida adashgan kurinamiz.