So’nggi yangiliklar

01:56АПЛ. "Челси" дербида "Вест Хэм"ни аямади  5 01:39Франция. ПСЖ яна кичик ҳисобда ғалабага эришди  0 01:29Бундеслига старт олди: мавсумнинг илк ўйинида "Бавария" "Лейпциг"ни янчиб ташлади, Кейндан хет-трик!  6 00:49Бошланғич таркибдаги Палмер нима сабабдан дербида қатнашмаяпти?  0 00:30ЖЧ-2026га қуръа қачон ва қаерда ташланиши маълум!  3 00:10Суперлига. "Андижон" – "Пахтакор" 2:6  1 00:02Акмал Рустамов: "Юзага келган вазиятлардан фойдаланганимизда 3-4та тўп фарқи билан ютишимиз мумкин эди"  3 23:46Илёс Зейтуллаев: "Бунёдкор" ПФЛ тақдим этаётган тақвимни ҳурмат қилади"  0 23:28Байиндирнинг хатосидан кейин МЮнинг режалари ўзгарди  4 22:59Абдурауф Бўриев: "Мураббийлар берган тактикани яхши бажардик"  4 22:30Ҳожимат Эркинов: "Андижонлик мухлисларга раҳмат, яхши атмосфера яратиб беришди"  6 22:08Максим Шацких: "Жамоамизда "Андижон" даражасига мос бўлмаган футболчилар бор"  58 21:58Суперлига. Қизил карточка кўрсатилган ва гол инобатга олинмаган ўйинда "Қизилқум" ва "Бунёдкор" муросага келди  23 21:47Камолиддин Тожиев: "Майдонда ўн киши қолиб ҳам ўзимизни кўрсата олдик"  11 21:03Суперлига. "Бобур Арена"да дарвозаларга 8 та гол урилган оқшомда "Пахтакор" "Андижон" устидан ғалаба қозонди  256

Voqea. Tez yordam yo'qligi pand berib qo'yishi mumkin edi Yangiliklar

Voqea. Tez yordam yo'qligi pand berib qo'yishi mumkin edi

Men uchun insonning sog'ligi har narsadan ustun. Tushunamiz, yutish, yutqazish - futbolning bir bo'lagi, ammo har qanday sportda birinchi navbatda inson salomatligi turadi.
Futbol - og'ir o'yin, kutilmaganda jarohatga yo'liqishing hech gap emas. Xudoga shukur tibbiyoti rivojlangan bir mamlakatda yashayapmiz. Atrofimizda salomat yomonlashganda xabar oladigan kishilar ko'p. CHunki biz birovning joni og'rib turganda beetibor qarab turmaydigan xalqmiz.



Kecha bo'lib o'tgan PFL Kubogining bir o'yinida jamoa shifokorlari zudlik bilan ikki futbolchiga tez tibbiy yordam ko'rsatishmaganida o'sha o'yinchilarning ahvoli og'irlashib, kerak bo'lsa miya chayqalishi yuz berib, maydonning o'zidayoq futbolchilarga bir narsa bo'lishi mumkin edi. Xayriyat, bunday bo'lmadi va futbolchilar oq "Lasetti"da shifoxonaga etkazildi.



Gapni bir boshdan boshlaymiz. Kecha "Bunyodkor" stadioni hududida joylashgan suniy maydonda PFL Kubogi musobaqasi doirasida "Andijon" - "Qo'qon-1912" uchrashuvi o'tkazildi. Bu o'yin aslida soat 14:00da CHig'atoydagi maydonda boshlanishi kerak edi. Biroq nima uchundir o'yin joyi va vaqti o'zgardi: "Bunyodkor" maydoniga soat 16:30ga ko'chirildi. Ko'chirilish sabablaridan xabarimiz yo'q, lekin muhimi bu emas.



Muhimi shuki, o'yinga Tez yordam mashinasi chaqirilmadi. Endi buyam bir o'rtoqlik o'yinlariga o'xshash musobaqa-da, kim ham jarohat olardi degan o'y kechgan bo'lishi mumkin jamoalar xayolidan. Ammo futbol - kurashga boy sport turi, futbol bu o'tirib o'ynaladigan shaxmat emas. Xullas, kechagi o'yinning ikkinchi taymi davom etayotgan bir paytda ikki futbolchi to'p uchun havodagi kurashda bir-biriga boshi bilan urilib ketdi. "Qars" etgan tovush chiqdi va shu zahoti ikkala futbolchi ham erga quladi. Jamoa shifkorlari zudlik bilan maydonga tushib ketishdi, o'yin qanchadir daqiqaga to'xtatildi.



To'qnashuv Qahramon Mahamadjonov va Abdumalik Abdullaev o'rtasida yuz berdi. Uchrashuv nazoratchisi nima qilishni bilmay qoldi, kimgadir qarab "Tez yordam qani?" dedi, ammo Tez yordam aytilmagan ekan. Klublar shoshib qolishdi, bir qadam narida 16-shahar kasalxonasi joylashgan emasmi, bir og'iz qo'ng'iroq qilinganda Tez yordam etib kelmasmidi? Oxiri nima bo'ldi dersiz? Har ikkala futbolchini murabbiy, shifokor va futbolchilar ko'tarib olishdi va kimningdir oq "Lasetti"siga o'tkazishdi. Xayriyat, to'qnashuv natijasida hushidan ketgan o'yinchilar ko'p o'tmay o'zlariga kelib olishdi, yo'qsa Tez yordamning yo'qligi pand berib qo'yishi mumkin edi.



Malumki, PFL Kubogi musobaqasi uchun ikkita stadion (O'FF va CHig'atoy suniy maydoni) ajratilgan. Biroq ayrim klublar o'z bilganidan qolmasdan, o'yinlarni hali u yoqqa, hali bu yoqqa ko'chirishyapti. Buning ustiga boshlanadigan vaqtlar ham o'zgaryapti. Bizlar esa qaerga borishni bilmay halakmiz. SHu o'rinda PFLga ham aytadigan gapimiz bor: tashkilot birorta musobaqani o'tkazadigan bo'lsa, bundoq tuzukroq o'tkazsin, yo'qsa umuman o'tkazmay qo'ya qolsin.

X.Xoliqov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика