So’nggi yangiliklar

22:29Абубакир Шукуруллаев: "Энг муҳим ўйинимиз эди"  2 21:52Иброҳим Шокиров: "Барча дарвозабонлар пенальтига олиб келадиган хато қилаётганини кўрганман"  6 21:25Абдулмалик Анваров бошидан жароҳат олди  9 20:32U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади  164 20:11Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлиги ўйинларида 3-ўринни қўлга киритди  7 19:52Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди  43 19:34"Ливерпуль" "Брайтон" етакчисига даъвогар  4 19:09Роналду ЖЧ-2026 унинг учун сўнггиси бўлишини эълон қилди  4 18:39"Манчестер Юнайтед" Шешконинг жароҳати жиддийлигидан хавотирда  1 18:12U-17 Жаҳон чемпионати. Гуруҳдан чиқсак, ким билан ўйнаймиз?  27 17:44Кьеза Италия терма жамоасига чақирувдан бош тортдими?  3 17:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси стадионга етиб келди  1 16:57"Динамо" "Қизилқум" футболчисига қизиқиш билдирмоқда  2 16:30Дешам Саудия Арабистонидан таклифлар олганини тасдиқлади  0 16:07Ямаль Испания терма жамоаси қайдномасидан чиқарилди  8

"Volgar" murabbiyi: "Bunyodkor" bizga chiroyli gollar urdi" Yangiliklar

"Volgar" murabbiyi: "Bunyodkor" bizga chiroyli gollar urdi"

Kecha "Bunyodkor" Antaliyadagi o'quv-yig'in mashg'ulotlari doirasida uchinchi sinov nazorat o'yinini o'tkazdi.

Raqib Rossiya FNL ishtirokchisi Astraxanning “Volgar” jamoasi bo'ldi. O'yindan so'ng raqib jamoa bosh murabbiyi Andranik Babayan o'z fikrlarini bildirdi.

“Bunyodkor”ni nafaqat Osiyoda, balki Evropada ham bilishadi. Biz bu darajadagi raqibga qarshi o'yin orqali o'zimizni nimalarga qodirligimizni tekshirib olmoqchi edik. Yakunda shunday ham bo'ldi. Uchrashuv davomida ko'rindiki, “Bunyodkor” shakllangan jamoa. Safida iqtidorli yoshlardan tashqari, tajribali futbolchilar ham bor. To'g'ri, hozirgi “Bunyodkor” tarkibida butun dunyoni o'ziga qarata oladigan legionerlar yo'q, ammo turli yoshdagi hamda Osiyo qitasidagi terma jamoa o'yinchilari etarlicha.

Bilamizki, “Bunyodkor”da ajoyib akademiya bor. Jamoa asosiy urg'uni tarbiyalanuvchilariga qaratmoqda. Bu qiyin yo'l, biroq qiziqarli va kelajagi bor. Bugungi raqibimizning mazkur qiyin va mashaqqatli yo'lida omad tilayman!

O'yin haqida nima deyishim mumkin? Biz bugun golga tortadigan xavfli vaziyatlarni ko'proq yuzaga keltirdik. Raqib ikkinchi bo'limga to'liq yangilangan tarkibda tushib kelgan bo'lsa-da, biz o'zgarishni amalga oshirmadik. CHunki ertaga ham o'yinimiz bor. Bunday vaziyatda barcha futbolchilarga yuklamani teng taqsimlash kerak.  Umumiy manoda uchrashuv kurashlarga boy tarzda kechdi. Taxminan bahs hamkasbimga ham maqul keldi. Yig'inlarga mos o'yin bo'ldi. O'tkazib yuborgan gollarimiz chiroyli ko'rinish olganini etirof etish joiz", - deydi "Volgar" ustozi.


"Bunyodkor" nazorat bahsida Rossiya klubi bilan durang o'ynadi 

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика