So’nggi yangiliklar

15:46"Антверпен" — "Гент". Таркиблар маълум  1 15:08"Эшитдик-да!" Алексей Ларин "Андижон"га ўтишга яқин  5 14:43"Рома" — "Торино". Таркиблар маълум  1 14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  5 13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  1 12:39"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди  2 11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  8 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  1 10:39Пролига. Бугун 14-турга старт берилади  0 10:05Артета Эдегорнинг жароҳати ҳақида гапирди  3 09:32Гвардиола: "Манчестер Сити" мен келганимдан бери ҳар доим "Манчестер Юнайтед"дан кучлироқ бўлган  14 09:00Sofascore. Шомуродов дебют голи учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  12 08:30"Интер Майами" йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Месси эса пеналтидан фойдалана олмади  30 08:01Суперлига. Бугун "Олимпия" стадиони Суперлига баҳсига мезбонлик қилади  3 07:35АПЛ. "Челси" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан бой берди.  7

"Vodiy futboli": "Qo'qon-1912" - "Metallurg" uchrashuvi chiptalari sotuvda Yangiliklar

"Vodiy futboli": "Qo'qon-1912" - "Metallurg" uchrashuvi chiptalari sotuvda

Vodiy klublari 27-tur o'yinlariga tayyorgarlikni boshlashdi.
"Qo'qon-1912": "Metallurg" bilan o'yin uchun chiptalar sotuvda

Yakshanba kuni bo'lib o'tadigan “Qo'qon-1912” – “Metallurg” uchrashuvi uchun chiptalar sotuvga chiqdi. CHiptalar 2 xil toifada bo'lib 5000 va 10 000 so'mdan sotilmokda.

SHuningdek, uchrashuvning boshlanish vaqti ham malum bo'ldi. Ertaga soat 14:00da o'rinbosarlar bahsi o'tkazilsa, asosiy tarkib uchrashuvi 25 oktyabr kuni soat 15:30da boshlanadi. Barcha muxlislarni stadionga chorlab qolamiz.


"Neftchi": Sardor Rahmonov "Olmaliq"qa qarshi o'ynay olmaydi

Farg'onaning "Neftchi" klubi keyingi turni 26 oktyabr kuni safarda "Olmaliq" klubi mehmoni bo'ladi. Ushbu o'yinda jamoaga himoyachi Sardor Rahmonov yordam bera olmaydi. Sababi futbolchining sariq kartochkalari soni 4taga etdi.

Malumot uchun, "Neftchi" 48 ochko bilan musobaqa jadvalining 5-pog'onasida bormoqda.


"Andijon": Abdumalik Abdullaev keyingi turni o'tkazib yuboradi

Oliy ligada qolish uchun kurashayotgan "Andijon" klubi navbatdagi turni o'z maydonida "So'g'diyona"ga qarshi o'tkazadi. Ushbu uchrashuvni mezbonlar hujumchisi Abdumalik Abdullaev diskvalifikaciya tufayli o'tkazib yuboradi.  O'tgan turda maydonga tushmagan Ibrohim Otaxonovning diskvalifikaciya esa yakuniga etdi.


"Navbahor": "Buxoro" bilan 17:00da boshlanadi

"Navbahor" keyingi turni Buxoroda "Buxoro" jamoasiga qarshi o'tkazadi. Mazkur uchrashuv rejaga ko'ra 25 oktyabrda emas, 26 oktyabrda o'tkaziladi. PFL qaroriga ko'ra 27-turdan o'rin olgan ayrim o'yinlar bir kunga kechiktirildi. SHu sababli jamoa "Buxoro" bilan 26 oktyabrda kuch sinashadi. 26 oktyabr sanasidagi uchrashuv soat 17.00da boshlanishini aytib o'tish joiz. Yoshlar o'rtasida bo'lib o'tadigan uchrashuv esa soat 15.00da start oladi.
Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика