So’nggi yangiliklar

01:27Камолиддин Тожиев: "Пахтакор"га қарши барча рақиблар 200%га ўйнайди"  0 00:41Левченко: "Пахтакор" нима қилди? Фақат ҳимояланди-ку"  11 00:34Бундеслига. "Бавария" "Гамбург" дарвозасига жавобсиз 5 та гол урди, мюнхенликлар дастлабки 4 та тўпни 29 дақиқа ичида киритишди  0 00:00Туркия Суперлигаси. Истанбул дербисида "Бешиктош" "Истанбул Башакшехир"ни мағлуб этди, Шомуродов янги клубидаги дебют голини урди!   34 23:27АПЛ. "Тоттенхэм" Лондон дербисида "Вест Хэм"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 23:14А Серия. "Ювентус" ва "Интер" ўртасидаги ўйинда 7 та гол урилди  23 23:00Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Фулад" ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  3 22:13"Эвертон" Жек Грилиш бўйича қарор қабул қилди  1 21:26Ла Лига. "Реал Мадрид" қийин ўйинда "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, мадридликлар 32-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди  52 21:06Суперлига. Бир киши кам бўлиб қолган "Пахтакор" "Нефтчи"ни мағлуб этди  221 20:00"Қўқон-1912" "Қизилқум"нинг мағлубиятсиз сериясига чек қўйди  12 19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  21 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15

"Vodiy futboli": "Neftchi" Qarshiga faqat g'alaba uchun boradi Yangiliklar

"Vodiy futboli": "Neftchi" Qarshiga faqat g'alaba uchun boradi

Vodiy klublari 25-turga tayyorgarlikni davom ettirishmoqda.

"Andijon": Ertaga "Qizilqum"ga qarshi o'ynaymiz

Oliy ligada qisqa tanaffus bo'lgani bois ayni paytda barcha jamoalar o'z qarorgohlarida mashg'ulotlar olib borishmoqda. SHu jumladan, “Andijon” jamoamiz ham 5 oktyabrdan beri tayyorgarlikni davom ettiryapti.

Ikki haftalik tanaffus chog'ida andijonliklar nazorat uchrashuvi o'tkazishni ham rejalashtirishgandi. Bu o'yin 10 oktyabr kuni “Qizilqum” jamoasiga qarshi o'tadigan bo'ldi. Navoiyliklar bilan bo'ladigan bahs Toshkentda o'tkazilishi bois jamoamiz ertaga, 9 oktyabr kuni poytaxtga yo'l oladi. Bosh murabbiy Sergey Kovshov Toshkentga 18 nafar futbolchini olib ketishni mo'ljallab turibdi. “Qizilqum”ga qarshi kechadigan o'yin 10 oktyabr kuni “Jar” stadionida bo'lib o'tadi.



"Qo'qon-1912": 25-turda ikkita diskvalifikaciya

Rustam Abdullaev boshchiligidagi "Qo'qon-1912" jamoasi navbatdagi turni o'z maydonida Toshkentning "Lokomotiv" klubiga qarshi o'tkazadi.

Ushbu uchrashuvda mezbonlar safida Ilya Ilin va Igor Golban diskvalifikaciya tufayli maydonga tusha olmaydi. Eslatib o'tamiz, "Qo'qon-1912" - "Lokomotiv" uchrashuvi 16 oktyabr kuni bo'lib o'tadi.



"Neftchi": Qarshiga faqat g'alaba uchun boramiz

Milliy terma jamoamizning JCH-2018 saralash bahslarini o'tkazishi sababli, milliy chempionatimizda  vujudga kelgan tanaffusdan jamoalar unumli foydalanish maqsadida o'z mashg'ulotlarini davom ettirishmoqda.

Malumki “Neftchi”ni oldinda bir qator murakkab  uchrashuvlar kutib turibdi. CHempionat jadvalida Farg'onaliklardan yuqori o'rinlarni egalab turgan Toshkentning “Bunyodkor”  hamda “Paxtakor” jamoalarni ajoib tarzda mag'lubiyat uchratgan futbolchilarimiz, endi yana bir “buyuk” jamoa  - Qarshining “Nasaf” klubiga qarshi  safarda maydonga tushadilar. Albatda, bu uchrashuv jamoamiz uchun qiyin bo'lishi aniq, lekin  murabbiy va futbolchilarning takidlashicha, “Neftchi” Qarshiga g'alaba uchun boradi. Aslida ham jamoamiz hozir ketma-ket 4ta uchrashuvda muvaffaqiyatga erishgani bois, g'alabali seriyasini davom ettirishga  bel bog'lagan.

Qolaversa, birinchi davradagi “Istiqlol” stadionida alamli mag'lubiyatga uchraganimiz, futbolchilarimiz uchun yana bir motivaciya, yani o'zlarini ko'rsatish uchun yaxshi imkoniyat bo'lishi mumkin.  Jamoamizga bu o'yinda  omad va g'alaba yor bo'lsin.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика