So’nggi yangiliklar

15:19Меҳди Тареми: "Ёмон воқеалардан сабоқ олиш сизни ривожлантиради"  2 15:00U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Ўзбекистон Фаластин билан муҳим ўйинда қатнашмоқда (онлайн ҳисоб)  18 14:51Тонали Гаттузо ҳақида: "У менга айтган ҳамма нарсани қадрлайман"  0 14:23Ла Лигада август ойининг энг яхши мураббийи маълум  0 13:40"Атлетик" футболчиси антидопинг қоидасини бузгани учун 10 ойга дисквалификация қилинди  1 13:11Инфантино Эрон АҚШдаги ЖЧда қатнашишига кафолат берди  3 12:45Эшитдик-да! "Бунёдкор" "Олимпия" стадионида ўйнайди  9 12:21"Истиқлол" бош мураббийи Ашурматов ва Машариповнинг жароҳати ҳақида тўхталди  1 11:52Жанни Инфантино: "Шавкат Мирзиёевнинг футболга бўлган муҳаббати сўнгги икки йил ичида янада кучайганини кўриб хурсанд бўлдим"  4 11:25Эронлик эксперт: "Юсуфи майдондан тўғри четлатилди, Алижонов ва пенальти бўйича қарор ҳам ўринли, бироқ..."  44 10:41Испания терма жамоаси ҳужумчи бир ойга сафдан чиқди  1 10:05Луис Суарес Лига кубоги финалида рақибига тупургани учун МЛСда учта ўйинга дисквалификация қилинди  5 09:38Расман. АПЛдаги илк истеъфо содир бўлди  9 08:55Бугун U-17 терма жамоамиз Марокашга қарши майдонга тушади  5 08:26Бугун Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Осиё кубогига йўлланма олиши мумкин  13

"Vodiy futboli": "Neftchi" Navoiyda, "Navbahor" Toshkentda Yangiliklar

"Vodiy futboli": "Neftchi" Navoiyda, "Navbahor" Toshkentda

Vodiy klublari 15-tur o'yinlariga tayyorgarlikni davom ettirishmoqda.
"Qo'qon-1912": Jalil Kimsanov "Bunyodkor" bilan o'yinni o'tkazib yuboradi

"Qo'qon-1912" jamoasi 15-turdan o'rin olgan "Bunyodkor"ga qarshi o'yinga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Jamoa himoyachisi Jalil Kimsanov diskvalifikaciya tufayli "qaldirg'ochlar"ga qarshi bahsda maydonga tusha olmaydi. Uning ogohlantirishlari soni 4taga etdi.

Bugun jamoalarning yoshlari o'rtasidagi o'yin soat 18:00da boshlanadi.


"Andijon": Rasul Rahmonov ertangi o'yinni o'tkazib yuboradi

Ertaga "Andijon" jamoasi oliy liga 15-tur bahsida "Paxtakor"ni qabul qiladi. Ushbu o'yin oldidan andijonliklar tarkibida bitta yo'qotish borligini aytib o'tish kerak. Jamoamiz sardori Rasur Rahmonov ertaga maydonga tusha olmaydi. CHunki uning sariq kartochkalari soni 4taga etdi. Ammo diskvalifikaciya tufayli 5ta o'yinni o'tkazib yuborgan Ibrohim Otaxonov bilan Sanjar Asqaraliev "Paxtakor"ga qarshi maydonga tushishlari mumkin.
Eslatib o'tamiz, bugun Oltinko'l tumanidagi markaziy o'yingohda "Andijon" va "Paxtakor" o'rinbosarlari kuch sinashishadi. Uchrashuv soat 18:00da boshlanadi.


"Neftchi": Jamoa Navoiyga etib bordi


Farg'onaning "Neftchi" klubi bugun tong saharda Navoiy shahriga etib bordi. Jamoa ertaga oliy liganing 15-turida "Qizilqum" mehmoni bo'ladi.

2ta o'yinlik diskvalifikaciyani o'tab bo'lgan bosh murabbiy Murod Ismoilov ertangi bahsda jamoani boshqarish huquqiga ega bo'ladi.

Bugun ikkala jamoaning yoshlari o'rtasidagi o'yin soat 18:30da boshlanadi. Ertangi asosiy tarkiblar o'rtasidagi uchrashuv esa 19:30ga belgilangan.


"Navbahor": Tarkibda uchta yo'qotish bor

Yakshanba kuni Toshkentga kelgan "Navbahor" "Lokomotiv"ga qarshi bahsga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Jamoa delegaciyasi O'zbekiston mehmonxonasiga joylashgan.

Tarkibda Aleksandr Melenchuk (jarohat), Ulug'bek Baqoev va Azim Ahmedov (ikkisida diskvalifikaciya) kabi yo'qotishlar bor. Qolgan barcha futbolchilar Toshkentga kelishgan va uchrashuvga tayyorgarlik ko'rishmoqda.

Yoshlar ligasi doirasidagi bahs bugun soat 18:15da boshlansa, ertangi uchrashuv soat 19:30da TTYMI stadionida bo'lib o'tadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика