So’nggi yangiliklar

20:52Суперлига. "Насаф" "Бухоро"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  41 20:42Нойер: "Германия таркибида бошқа ўйнмайман. Бу онгли қарор эди"  0 19:23Тоуни: "Саудия лигаси мен учун АПЛ билан бир даражада"  3 18:273 ўйинда 2 очко тўплаган Симеоне: "Учинчи ўрин етарли эмас. Чемпион бўлиш вақти келди"  3 17:33“Бу оптимал таркиб эмас. Ҳакам қарорлари тўғри эди, мағлубиятни тан ола билиш ҳам керак" — Санъат Шихов Эрон билан ўйин ҳақида  23 17:18Тожикистоннинг икки терма жамоасида истеъфо юз берди  14 17:07"Ман Сити" ҳужумчиси жароҳат туфайли МЮга қарши ўйинни ўтказиб юборади  1 16:24"Интер" 2025/26 мавсум учун учинчи формани тақдим этди. У "2000-йилларда жамоани яхши кўрганлар ва бугун уни севувчиларга" бағишланган  2 15:49"Барселона" Хасбуллани "Камп Ноу"га таклиф қилди  6 15:18Бунақаси Месси фаолиятида биринчи марта юз берди  18 14:43Воҳа дербиси олдидан "Машъал"да катта йўқотишлар  2 14:15"Ювентус" узумзор акс этган формасини тақдим этди  2 13:42Суперлиганинг 21-турини ўтказиб юборадиган футболчилар рўйхати  4 13:19Роналду 30га кирганидан сўнг Португалия сафида 89 та гол урди  18 12:37Ибраима Конате "Ливерпуль"га уч марта "йўқ" деди. Клуб унинг "Реал"га ўтишига кўниб бўлди  11

"Vodiy futboli": Alibobo Rahmatullaev "Navbahor"ga o'tishga yaqin Yangiliklar

"Vodiy futboli": Alibobo Rahmatullaev "Navbahor"ga o'tishga yaqin

Vodiy klublari ikkinchi davraga tayyorgarlik ko'rishmoqda.

"Navbahor": Alibobo Rahmatullaev ikkinchi davrada Namanganda o'ynashga yaqin

Namanganning "Navbahor" klubi ikkinchi davraga tayyorgarlik doirasida "SHo'rtan"ga qarshi o'yin o'tkazdi. Ushbu uchrashuvda "Buxoro" yarim himoyachisi Alibobo Rahmatullaev "lochinlar" safida maydonga tushdi. Agar futbolchining harakatlari Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi murabbiylar shtabiga maqul kelsa u ikkinchi davrani "Navbahor"da o'tkazadi.


"Andijon": Toshkent yig'ini tugadi

"Andijon"ning Toshkentda olib borgan o'quv-mashg'ulot yig'ini nihoyasiga etdi. 20 iyuldan 26 iyulgacha andijonliklar poytaxtda shug'ullandilar. Yig'inning so'nggi kunida jamoa “Dinamo”ga qarshi maydonga tushdi.
 
Dukentda bo'lib o'tgan bu uchrashuvda “Andijon” raqibini 3:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Ibrohim Otaxonov, Temur Vasilev va Anvar Berdiev samarqandliklar darvozasini ishg'ol etishdi.
 
“Andijon” tarkibi: Gennadiy Moshnyaga, Umrillo Ramozonov, Davron Tursunov, Javlon Guseynov, Iqbol Boboxonov, Ibrohim Otaxonov, Asqar Jadigerov, Rustam Azamov, Temur Vasilev, Predrag Vuyovich, Anvar Berdiev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Sanjar Asqaraliev, Lochin Soliev, Iqbol Akramov, SHukur Jumaboev, Abdumalik Abdullaev, Tursunboy Xusanov, Xondamir Yuldashev.
Gollar: Otaxonov, Vasilev, Berdiev (penalti).

Ushbu o'yindan keyin Edgar Gess futbolchilarga bir kunlik dam berdi. Endi jamoamiz tayyorgarlikni Andijonda davom ettiradi.


"Neftchi": Olimpiyachilar safga qo'shilishdi

Farg'onaning "Neftchi" klubi ikkinchi davraga tayyorgarlikni Qirgulidagi bazada davom ettirmoqda.

Murod Ismoilov jamoasiga hujumchi Otabek Isroilov kelib qo'shilgani haqida xabar bergandik. Kecha jamoa safiga O'zbekiston olimpiya terma jamoasi yig'inida qatnashgan futbolchilar Abbos Maxstaliev, Muhsin Ubaydullaev, Abdulloh Olimov va Murod Bobojonov qaytib kelishdi.


Qo'qon-1912: Toshkent shahrida farm-klub ochildi

Farm-klubda 1998-2000 yillarda tug'ilgan bolalar Toshkent shahar birinchiligining 2-ligasida to'p tepishadi. Bu jamoaga istedodli eshlar murabbiyi Farhodjon Rahimberdiev ustozlik qiladigan bo'ldi. Jamoa mashg'ulot va uy o'yinlarini o'tkazishi uchun Toshkent to'qimachilik kombinati o'yingohi ijaraga olindi. Farm-klub ochishdan maqsad Qo'qon-1912 jamoasigi yangi futbolchilarni tarbiyalab etkazib berishdir.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика