So’nggi yangiliklar

10:05Эксперт фикри. Ёрқин Назаров: “Жаҳон чемпионатида музқаймоқ еб келиш эмас, муносиб ўйин кўрсатишимизга умид ва ишонч уйғонди”  0 09:18Роналду Оқ уйга ташрифидан сўнг Трампга мурожаат қилди  3 08:54"Арсенал" асосий футболчиси жиддий жароҳат олди  0 08:30Ўзбекистон МТЖ 9 йилдан сўнг ушбу натижага эришди  8 08:03Суперлига. Бугун бизни Марказий учрашув кутмоқда  6 07:36Африка қитъасида йилнинг энг яхшилари аниқланди  2 00:49Артета: "Гвардиола футболчи сифатида менинг қаҳрамоним эди. У билан ишлаш ҳаётимдаги энг тўғри қарорлардан бири бўлди"  1 00:45Роналду Globe Soccer талқинига кўра Яқин Шарқда йилнинг энг яхши ўйинчиси бўлишга номзод  12 23:50"Барселона" "Камп Ноу"даги очилиш ўйини учун сюрприз тайёрлаб қўйилганини маълум қилди  8 23:28ЎФА Туркиянинг етакчи қурилиш компаниялари билан учрашув ўтказди. Унда Янги Тошкент Марказий футбол ўйингоҳини бўйича лойиҳалар тақдим этилди  19 23:10"Барселона" 2022/23 йилги мавсумнинг охирида "Бавария"га бонус тўламаслик мақсадида Левандовскидан бошқа гол урмасликни сўраган  3 22:35Фабио Каннаваро: "Сафар энди бошланмоқда, бироқ биз тўғри йўлдамиз"  21 21:51"Бавария" ва "Барса" Гримальдога қизиқиш билдирмоқда  2 21:35Суперлига. "Шўртан" – "Бухоро" 1:1  1 21:09ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон беш поғона юқорилаб, Осиёнинг бешинчи жамоасига айланди  26

Vlado Radmanovich: "Katanec bilan o'yin davomida doimiy aloqada bo'lamiz" Yangiliklar

Vlado Radmanovich: "Katanec bilan o'yin davomida doimiy aloqada bo'lamiz"

O'zbekiston - Eron uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida Vlado Radmanovich ishtirok etdi.


Jaloliddin Masharipov: "Eronning kuchsiz tomonlari haqida eronlik jurnalistlar oldida gapirishim to'g'ri emas"        


"Barchaga xayrli kun. Ertaga Jahon chempionati saralashi doirasida Eronga qarshi o'ynaymiz. Juda qiyin o'yin bo'ladi, sababi Eron kuchli terma jamoalardan biri. Bu jamoaga qarshi uch marta maydonga tushishga ulgurdik. Ikkala jamoa bir birini yaxshi biladi. Bo'lajak bahsda bosh murabbiy Srechko Katanec qatnasha olmaydi. Ammo biz yordamchilari uning yo'qligini bilintirmaslikka harakat qilamiz", - dedi Vlado Radmanovich.

- Ertaga o'z uyimizda o'ynaymiz, shunday ekan hujumkor o'ynaymizmi yoki ehtiyotkor harakat qilamizmi?
- Taktik tayyorgarligimiz haqida gapirsak bugun bo'ladigan so'nggi mashg'ulotdan keyin qaror qabul qilamiz. Futbolchilarning holatini ko'ramiz va hujumkor yoki himoyaviy o'ynaymizmi ko'ramiz. Balki ertaga biz 3 markaziy himoyachi bilan o'ynarmiz, balki 2 markaziy himoyachi bilan harakat qilarmiz. Balki 2 hujumchi bilan o'ynarmiz. 

- Oston O'runovning holati qanday? 

- Menimcha barchasi joyida, u o'yinga tayyor. 

- O'tgan oydagi Qirg'izistonga qarshi o'yindan keyin asosiy muammolardan biri sifatida etakchi futbolchilarning klublaridagi kam o'yin amaliyotga ega bo'lishganini aytgandi. Bu oy o'zgarish bo'ldimi?

- Albatta o'zgarishlar bo'ldi, Otabek SHukurov masalan yangi klubga o'tdi va ko'proq o'ynamoqda. Boshqalar ham shunday, umuman olganda tarkibdagi barcha yigitlar ertangi o'yinga to'liq tayyorlar.

- Bugungi kunga kelib terma jamoada har bir poziciyada raqobat kuchli, nima deb o'ylaysiz eng kuchli poziciyamiz qaysi? 

- Bizda har bir chiziqda kuchli futbolchilar yig'ilgan. Raqobat ham yaxshi darajada. SHu sababli biz futbolchilarimizga ishonamiz. 

- Srechko Katanecga sog'lik tilaymiz. Ertaga barchasini bosh murabbiy hal qiladimi yoki Sizlarmi? 

- Rahmat. Srechko Katanec bilan doimiy aloqadamiz, asosiy tarkib borasida va taktika borasida u bilan maslahatlashamiz albatta. U bilan videoaloqani ham amalga oshirdik, o'yin paytida ham 90 daqiqa davomida gaplashib turamiz. Agar nimadir yomon ketsa bosh murabbiy bilan darhol gaplashamiz.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика