So’nggi yangiliklar

02:10ЕЧЛ. "Атлетико" яна бешта гол урди, "Бавария" ва "Интер"да йирик ғалаба (барча натижалар)  3 01:21Хаби Алонсо: "Қайрат" Чемпионлар Лигасида ўйнашга муносиб жамоа"  1 00:34ЎФА терма жамоалар бўлими собиқ раҳбари: "Қозоғистон билан ўртоқлик учрашуви бўйича музокаралар олиб борилган эди, аммо..."  2 23:58Иван Бошкович: "Битта чиройли зарба ўйин тақдирини ҳал қилди"  3 23:37ЕЧЛ. "Қайрат" ўз майдонида "Реал"га йирик ҳисобда ютқазди, Мбаппедан хет-трик!  97 23:27Виталий Левченко: "Сафарда муҳим ғалабани қўлга киритдик"  5 23:13Отабек Нарзуллаев: "Ҳимоямизни анча яхшилаб олдик"  1 23:08ЕЧЛ. "Интер", "Ливерпуль", "Челси" ва бошқа жамоаларнинг асосий таркиблари маълум!  2 22:55Футзал. 2-тур 3-кунида "Насаф", СҚБ ва "Oil-Star"да ғалабалар  1 22:43Александр Хомяков: "Бизга тетиклик етишмади"  8 22:39Суперлига. "Сўғдиёна" – "Нефтчи" 0:1   3 22:23Луис Энрике "Барселона"ни мақтади  1 21:41Клопп эмас: "Ал Иттиҳод" бош мураббийлиги учун асосий номзодлар маълум қилинди  0 21:14"Бунёдкор" мураббийлари тақдирланди  0 21:00Суперлига. "Нефтчи" меҳмонда "Сўғдиёна"дан устун келди  40

Vladislav Xan: "Bizga asosiy raqiblik qiladigan jamoa ko'rinmayapti" Yangiliklar

Vladislav Xan: "Bizga asosiy raqiblik qiladigan jamoa ko'rinmayapti"

Teglar :  FutzalSevinch
Avval xabar berganimizdek 25-29 yanvar kunlari Toshkentda ayollar o'rtasidagi futzal bo'yicha XII O'zbekiston chempionatining 1-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

Ushbu chempionat bo'lib o'tayotgan kunlari mamlakatimiz OAVlarining vakillari "Sevinch" bosh murabbiyi Vladislav Xandan chempionat haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashishni so'rashdi. Quyida ana shu qisqacha intervyuni  etiboringizga havola qilamiz.

– CHempionat to'g'risidagi fikrlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz.

– Bu yilgi ayollar o'rtasidagi futzal bo'yicha XII O'zbekiston chempionatida aslida 12ta jamoa ishtirok etishi kutilayotgan edi, ammo natijada 11 jamoa ishtirok etadigan bo'ldi. CHempionat saviyasiga keladigan bo'lsak, shaxsan  o'zim o'nchalik o'zgarishni sezmayapman. Hattoki har yili jamoamizga munosib qarshilik ko'rsata oladigan Andijonning “Andijanka” jamoasining ham bu yilgi ishtiroki oldingilardagidek emas. CHempionat endi boshlandi, nizomga ko'ra olti jamoa yuqori ko'rsatkichlariga qarab saralab olinadi va bosh sovrin uchun kurashni davom ettirishadi. Balki chempionatning  keyingi turlarida jamoalar o'zlarining eng yaxshi o'yinlarini ko'rsatishar. Har holda musobaqa endi boshlandi. Boshida hammaga qiyin bo'ladi.


– Sizningcha jamoangizga kuchli qarshilik ko'rsatadigan jamoa ko'rinmayaptimi?

– Hozircha yo'q, yuqorida aytib o'tganimdek har yili jamoamizga “Andijanka” jamoasi asosiy raqib hisoblanar edi, jamoa tarkibida katta o'zgarishlar  bo'lmagan bo'lsa ham, ularning chempionatdagi starti ko'ngildagidek bo'lmadi, balki ular keyingi turga yaxshiroq tayyorlanib kelishar, qani ko'ramiz. “Sevinch” jamoamiz esa, har yildagidek chempionatda bosh sovrin uchun kurashadi, biz bunga tayyormiz va keyingi turga ham puxta tayyorlanib kelamiz. Biz uchun qanchalik chempionatda kuchli jamoalar ko'paysa, shunchalik yaxshi. O'ylaymanki, shunga monand ravishda mamlakatimizda ayollar o'rtasidagi mini futbolning ham saviyasi oshadi.


– Mana Toshkentda mini futbol bo'yicha Osiyo chempionatining boshlanish arafasida turibmiz, sizningcha mamlakatimiz terma jamoasi qanday ishtirok etadi?

– Juda hohlardimki, jamoamiz bu imkoniyatdan to'liq foydalansa va shu orqali musobaqa bosh sovrinini qo'lga kiritishsa. Albatta terma jamoamizga muxlislik qilamiz va ulardan eng yaxshi natijani kutib qolamiz. Barcha yurtimiz futbol ishqibozlari kabi biz ham ularni qo'llab-quvvatlab turamiz.

“SEVINCH” PFK matbuot xizmati


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика