Vladislav Xan 10:0 hisobidagi g'alabadan keyin: "Jamoam bugun juda yomon o'ynadi"
05 iyu 2023 13:02
Yangiliklar
Vladislav Xan 10:0 hisobidagi g'alabadan keyin: "Jamoam bugun juda yomon o'ynadi"
O'yindan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Vladislav Xan o'z fikrlarini bildirdi.

"CHempionat autsayderlaridan biriga qarshi maydonga tushdik, rostini aytaman juda ham yomon o'ynadik. Menimcha o'yinga ruhan tayyorlanish qiyin bo'lgani uchun, yaxshiyam g'alaba qozondik", - dedi Vladislav Xan.
- 9ta o'yinda 60dan ziyod gol, bu "Sevinch" raqiblardan kuchlimi yoki raqiblar saviyasi ancha pastmi?
- O'z-o'zidan "Sevinch" doim O'zbekistonning eng yaxshi klublaridan biri bo'lgan. Bundan tashqari klubimiz prezidenti oldimizga shunday vazifa qo'ygan. Yani qiziqarli bo'lishi uchun imkon qadar ko'proq gol urishimiz kerak.
- Odatda 1-raqamda darvozabonlarni ko'ramiz, Tilovova bugun himoyada o'ynadi. Bu nima bilan bog'liq?
- Laylo Tilovova anchadan buyon ham darvozada, ham markaziy himoyachi sifatida o'ynab kelmoqda.
- Uchrashuv soat 18:00da boshlandi, havo harorati ancha baland edi. Bu nozik xilqat vakilalariga tasir qilmaydimi?
- Yo'q, bunga ko'nikkanmiz. O'yin soat nechida boshlansa bir kun avval shu vaqtda mashg'ulot o'tkazamiz va moslashamiz. O'zbekistonda issiqdan nolish to'g'ri bo'lmaydi.
Nomoz CHoriev suhbatlashdi
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar