So’nggi yangiliklar

17:49Расман: Улуғбек Ҳошимов – "Динамо" футболчиси  0 17:11Лапортнинг Европага қайтиш эҳтимоли юқори  0 16:42Лофтус-Чик: "Бизга Модричнинг тажрибаси керак"  0 16:18АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 15:51"Реал" Винисиус билан шартнома бўйича музокараларни қайта бошламоқчи  1 15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  5 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  6 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  1 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  3 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  3

Vladimir Safarovni tabriklaymiz! Yangiliklar

Vladimir Safarovni tabriklaymiz!

Bugun o'zbek futboli tarixchilaridan biri Vladimir Safarov 79 yoshni qarshi olmoqda.

Vladimir Ashotovich Safarov - O'zbekiston futboli tarixchisi va "Paxtakor"ga oid barcha muhim voqealarini qayd etib boruvchi inson.

U jazmen, jurnalist, yozuvchi va o'zbek futboli tarixchisi sifatida mashhur inson sanaladi. U tashkil etgan "Arcax" jaz guruhi O'zbekistondagi arman madaniy markazi nomidan xalqaro festivallarda qatnashadi. Turli mamlakatlardagi OAVda uch mingdan ortiq maqolalari chop etilgan, O'zbekiston futboli tarixi va statistikasiga oid o'ttizga yaqin kitoblar muallifi hisoblanadi. SHuningdek, bir qator mashhur futbolchilar va futbol klublari haqida kitoblar yozgan.

Vladimir Ashotovich o'zi to'plagan statistik malumotlarni "Rossiya futbolining yuz yilligi" va "Futbol sayyorasi" kitoblari yaratilish uchun taqdim etgan. Estoniyada chop etilgan "Mustaqil davlatlar futboli", Ukraina-Rossiyada omma etiboriga havola qilingan "Statistika to'plami" kitoblari uchun O'zbekiston futboli statistikalarini yig'ib bergan. 2000 yil O'FF tomonidan yilning eng yaxshi jurnalisti sifatida tan olingan. "O'zbek futboli enciklopediyasi" ham aynan Safarov tomonidan yaratilganini takidlab o'tamiz.



Vladimir Ashotovichning kitoblari orasida eng mashhurlari quyidagilardir:

«Paxtakor. Unutib bo'lmas uchrashuvlar...» (1990), «Paxtakor. 40 yilga cho'zilgan o'yin» (1995), «Aka-uka An futboli» (2002), «Xotira qanotlari. "Paxtakor-79" aviahalokati hujjatli xronikasi» (2004), «O'zbek futboli afsonasi: Birodar Abduraimov» (2009), «Hamid Rahmatullaev – o'zbek Pelesi» (2011), «Bahodir Ibrohimov: Futbolga baxshida umr» (2013), «Igor SHkvirin. Hujumchi odisseyasi» (2014), «Rahim Mo'minov. Futbolga baxshida umr» (2015).

"Paxtakor" futbol klubi Vladimir Safarovga chuqur hurmatini bildiradi, uning klub va o'zbek futboli uchun amalga oshirgani ishlari uchun minnatdorchilik izhor qiladi. Unga mustahkam sog'liq va ijodiy muvaffaqiyatlar tilaydi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика