So’nggi yangiliklar

02:00Бундеслига. "Бавария" марказий ўйинда "Байер"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 01:32Саудия Арабистони чемпионати. Роналду 90+15 дақиқада пенальтидан гол уриб, жамоасига ғалаба тақдим этди  5 01:15АПЛ. "Тоттенхэм" ва "Челси" ўртасидаги Лондон дербиси тақдирини биттагина гол ҳал қилди  3 23:53Лига 1. ПСЖ 90+5 дақиқада урилган гол эвазига "Ницца"ни мағлуб этди  0 22:14Ла Лига. "Атлетико" ўз уйида "Севилья"ни йирик ҳисобда таслим этди  1 22:00АПЛ. "Арсенал" меҳмонда ғалабага эришди, МЮ эса қийинчилик билан дуранг қайд этди  13 21:48Максим Шацких: "Футболчиларимиз учун хурсандман, жамоам кўрсатган ўйин менга ёқди"  7 21:36Исломбек Исмоилов 5 нафар Осиё чемпионини Жаҳон чемпионатига олиб кетмади  10 21:25Суперлига. "Андижон" - "Бухоро" 1:1  0 20:53Александр Хомяков: "Андижон мен учун қадрдон шаҳар, лекин бу ерга ютиш учун келгандик"  12 20:27Ширер "Ливерпул"ни танқид қилди  5 19:34"Женоа" Патрик Вийера билан хайрлашди  0 18:58Суперлига. "Андижон" ўз уйида "Бухоро" билан дуранг ўйнади  38 18:437 та гол "Шўртан" - ОКМК ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 18:15"Барселона" футболчиси клуб билан шартномани узайтиришга рози  1

Vladimir Ejurov: "Bugungi o'yin o'z tezligi bilan APLdagidan qolishgani yo'q" Yangiliklar

Vladimir Ejurov: "Bugungi o'yin o'z tezligi bilan APLdagidan qolishgani yo'q"

"Neftchi" bosh murabbiyi Vladimir Ejurov Coca Cola Superliganing 20-turi doirasidagi "Lokomotiv" (3:1) ustidan qozonilgan g'alabadan keyingi fikrlarini bildirdi.




- Bugun juda sifatli o'yin ko'rsatdik, barchasini sifatli tashkil qildik. Yigitlar maydonda katta ishtiyoq ko'rsata olishdi.  O'z navbatida muxlislar ham bizni ajoyib tarzda qo'llab-quvvatlashdi. Qayd etishim kerak, bu uchrashuv biz uchun tashkillashtirish va o'zining darajasi bilan eng yaxshisi bo'ldi.

- Bugungi o'yinni "Neftchi" to'liqligicha boshqardi deb ayta olasizmi?

- Ha. CHunki biz o'zimiz istagan o'yinni ko'rsata oldik. Raqiblarga esa o'yin bermadik va o'zi xohlagan o'yinni ko'rsata olmadi. 

- Raqibdan shunday o'yinni kutganmidingiz?

- Raqibni yaxshi o'rganib chiqqandik. Yigitlarga rahmat aytaman, ular bizni to'g'ri tushunib borishmoqda. Bugun ham raqibga o'yinni bermaslik uchun tuzgan rejani to'liqligicha bajarishdi. "Lokomotiv"da ham yaxshi, texnikali futbolchilar bor. Ammo biz o'yinni tashkil qilish va vaziyatlar yaratish bobida raqibdan ustun bo'la oldik deb ayta olaman.

- 4-5 yillar oldin "Lokomotiv" ham "Neftchi" ham Superligada "jon saqlab qolish" uchun o'ynaydigan kunlar keladi deb o'ylaganmidingiz?

- Biz ikkinchi davradan ish boshladik. Bizgacha boshqalar ishlayotgandi. Biroq men o'zbek futboli bilan yaxshi tanishman, bu erda futbol o'ynaganman, murabbiylik qilganman. Andrey Fyodorov ishlaganida "Lokomotiv"ni kuzatganman. O'zbekistonda futbol yaxshi darajada. Tashkilotchilik ham ancha yaxshilangan. Masalan, mana "jon saqlab qolish" uchun kurashayotgan jamoalar qanday sifatli o'yin ko'rsatyapti. Bu bilan hozir pastki o'rindagi jamoalar ham peshqadamlar bilan kurasha oladi demoqchiman. Bu esa meni quvontirayapti. Aynan shunday davom etsa, o'zbek futbolida o'sish bo'ladi. CHunki turnir jadvalida juda qolib ketganlar ham, juda o'tib ketganlar ham yo'q. Hozir istagan jamoa istagan raqib bilan o'ynamoqda. Bunga "Bunyodkor" - "Navbahor" uchrashuvi ham misol bo'la oladi.

- Aynan bu borada APL bilan ham raqobatlashyapmiz.

- (Kuladi) Ushbu liganing o'yinlarini kuzataman. Tan olish kerak, biz endi bu darajaga chiqishga intilyapmiz. Ammo bugungi o'yin o'zining tezligi va intensivligi bilan inglizcha futbolga yaqin kelgandek bo'ldik. O'yin juda tez o'tdi, bu ham odamni xursand qilyapti. 

- Jamoa bugun zo'r o'ynadi. Ammo keyingi raqib juda tezkor "Olimpik" jamoasi bo'ladi. Bugungi tempni ushlab qolishning iloji bormi?

- "Olimpik"ning darajasi qanday ekanligini yaxshi bilaman. Tarkibning asosini olimpiya termasi futbolchilari tashkil qiladi. Albatta, ular zo'r jamoa. Biroq bu futbol. Asosiysi - yaxshi va chiroyli o'yin bo'lishi kerak. Biz har bir o'yinga g'alaba uchun maydonga tushyapmiz. 

- Muxlislar haqida nima deysiz?

- Ularga katta rahmat aytaman. Ular rostdan ham bizning 12-o'yinchimiz. O'zbekistonga kelib, muxlislarning ardog'ida bo'lish menga yoqyapti. Nafaqat bizda, balki bugun "Lokomotiv"ni ham muxlislari yaxshi qo'llab turishdi. Rossiyada doim ham bunday bo'lmaydi, bundan hayron qoldim. 

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика