So’nggi yangiliklar

10:56Суперлига. 22-турда ишловчи ҳакамлар маълум  0 10:48Рубен Аморим: "Мен ўзимни ҳимоя қилмоқчи эмасман, сизларнинг саволингиз ҳар доим бир хил"  0 10:20Пролига. Бугун тур давом эттирилади  0 09:45Лука Модрич Италия чемпионатининг 64 йиллик рекордини янгилади  0 09:17"Манчестер Юнайтед" 1992/93 йилги мавсумдан бери АПЛдаги энг ёмон стартини амалга оширди  2 08:48Sofascore. Захирадан майдонга тушган Ўринбоев энг катта баҳолардан бирини олди  3 08:30Суперлига. "Бунёдкор" — "Хоразм" 1:0   0 08:21Саудия Арабистонида Криштиану Роналдуга "Олтин бутса" топширилди  7 07:50Sofascore. Кечаги учрашувни ажойиб ўтказган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  4 07:20Элит ОЧЛ. "Насаф" мусобақадаги юришини амалдаги чемпионга қарши баҳс билан бошлайди  16 01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  20 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  26 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  4

Vladimir Bubanya: “Yangi bosh murabbiy Bahrom Haydarov haqida biror narsa deya olmayman, chunki...” Yangiliklar

Vladimir Bubanya: “Yangi bosh murabbiy Bahrom Haydarov haqida biror narsa deya olmayman, chunki...”

Joriy yilda tarkibini bir qator tajribali va mahoratli futbolchilar bilan to'ldirib olgan “Surxon” jamoasi mavsum startini muvaffaqiyatsiz boshladi.

Karantin jamoaga va futbolchilarga xatolarni ko'zdan kechirib olish uchun qay darajada foyda beradi? Biz bu borada jamoaning serbiyalik legioneri Vladimir Bubanyaning fikrlari bilan qiziqdik.

“Hozirda karantinni uyimda, oilam davrasida o'tkazyapman. Murabbiylar har bir futbolchiga uyda individual shug'ullanishi uchun alohida dastur yuborishgan. SHu dastur asosiyda o'zim yakka tartibda mashg'ulotlarni olib boryapman. Asosan mashqlar jismoniy tomondan o'zimizni ushlab turishimizga yo'naltirilgan. Hozirda, hech bir jamoada jamoaviy shug'ullanishni imkoni yo'q. O'ylashimcha, klubdagi barcha futbolchilar jim o'tirmayapti. Hammasi belgilangan vazifani bajarmoqda. Jamoadoshlarim bilan aloqada bo'lib turibmiz doim. Umid qilamanki, biz karantindan so'ng yanada kuchli bo'lib qaytamiz va darajamizni saqlab qolamiz.



Yangi bosh murabbiy Bahrom Haydarov haqida biror narsa deya olmayman. CHunki, ushbu mutaxassis bilan ilk bor birga ishlamoqdaman. Hamjihatlikda yuqori marralarni zabt etishimizga ishonaman. Biz dastlabki uchta turda yaxshi va chiroyli futbol ko'rsatishga intildik. Natija esa qoniqarsiz ko'rinish oldi. Superliga bahslari davom ettirilgach xatolarimizni takrorlamaslikga va qimmatli ochkolarni jamg'arish uchun bor kuchimizni ishga solamiz. Muxlislarni yana g'alabalar bilan xursand qilishga, ularga yoqadigan o'yin namoyish qilishga harakat qilamiz. Jamoamizning jonkuyar muxlislariga sog'lik va salomatlik tilab qolaman”,- deydi Bubanya.


Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика