Vitaliy Levchenko: "Siz "Neftchi" bosh murabbiyimisiz?"
16 iyu 18:31
Yangiliklar
Vitaliy Levchenko: "Siz "Neftchi" bosh murabbiyimisiz?"
O'yin haqida
- Birinchi bo'limda raqib darvozasiga 2 ta gol urishimiz mumkin edi. Aksincha, o'z darvozamizdan yosh bolalarcha xato evaziga gol o'tkazib yubordik. Ikkinchi bo'limda raqib chuqur himoyalandi, qanotlar orqali hujumlarni rivojlantirishga harakat qildik.
- Nsungusu Effiong almashtirilishiga sabab nima bo'ldi?
- Uning o'yinini ko'rgan bo'lsangiz, xatoliklarga yo'l qo'ydi. Yakka kurashlarda raqibga boy berdi, hujumdagi faolligi ko'zga tashlanmadi. Siz jamoa bosh murabbiyimisiz? Bosh murabbiy bo'lsangiz, shunday qaror qabul qilishingiz mumkin. Biz undagi kamchiliklarni ko'rdik va almashtirdik.
- Ikkinchi bo'limda jamoa asosan qisqa uzatmalarga tayanib o'ynadi. Bu sizning ko'rsatmangiz edimi?
- 11 kishi himoyada o'ynagan jamoaga boshqa qanday uslub qo'llash mumkin? Ikkinchi bo'limda zaxiralar orqali qanotlardagi faollikni oshirdik. Qisqa uzatmalar orqali ko'proq vaziyat yaratishga urindik, biroq raqib chuqur himoyaviy uslubda o'ynadi.
Fikrlar