Vitaliy Levchenko selekciya va mish-mishlar haqida: "Futbolchi shartnoma imzolamagunga qadar bizning o'yinchi hisoblanmaydi"
26 noy 2022 22:37
Yangiliklar
Vitaliy Levchenko selekciya va mish-mishlar haqida: "Futbolchi shartnoma imzolamagunga qadar bizning o'yinchi hisoblanmaydi"
O'FA hamda O'zPFL yil yakunlariga bag'ishlab o'tkazgan "ENG ZO‘R Uz Football Awards-2022" taqdirlash marosimida Superliga murabbiylari ham ishtirok etdi.
Tadbir oldidan "Neftchi" bosh murabbiyi Vitaliy Levchenkoning fikrlari bilan qiziqdik.
"Biz uchun qiyin mavsum bo'ldi. Birinchi davra omadsiz o'tgan bo'lsa, ikkinchi davrada omadimiz keldi. Eng muhimi vazifani bajardik va Superligada qoldik. Albatta. "Neftchi"da birinchi o'rinda ahil kollektiv tuzdik. Oldimizda vazifa bor edi. Yigitlar birlashib buni bajarishdi. Ularga katta rahmat aytaman.
Selekciya ishlariga kelsak, ishlayapmiz. Mish-mishlar uchrab turibdi. Buni yaxshi bilasiz. Futbolchi klub bilan shartnoma imzolamaguncha, u bizning futbolchi hisoblanmaydi. Rasman shartnoma imzolasak maum qilamiz albatta",- deydi Vitaliy Levchenko.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar