Vitaliy Levchenko: "O'yindan keyin murabbiyning kayfiyati yomon bo'lishi mumkin. Bu normal holat"
07 okt 2023 23:43
Yangiliklar
Vitaliy Levchenko: "O'yindan keyin murabbiyning kayfiyati yomon bo'lishi mumkin. Bu normal holat"
O'yin haqida
- Bugungi o'yinda mag'lubiyatga loyiq edik. To'g'ri, yomon o'ynamadik, ammo bazi vaziyatlarda koncentraciya etishmadi. Muhim vaziyatlardagi bu kamchilik bizga gollar olib keldi. O'yin teng kechdi. Omad bugun "Nasaf"ga kulib boqdi.
- "Nasaf" sizda qanday taassurotlar qoldirdi?
- "Nasaf" yaxshi jamoa. O'zingiz ham bilasiz-ku.
- Sizga nima etishmadi?
- Koncentraciya.
- O'yin oxirida nima yuz berdi? Aksariyat murabbiylar o'yindan keyin raqibni g'alaba bilan tabriklaydi va mag'lubiyatni tan oladi...
- Men raqib jamoa murabbiyini ko'rmaganga olmadim. O'yindan oldin murabbiylar ko'rishmasa bu narsaga oddiy qaraladi. O'yindan keyin qaysidir murabbiyning kayfiyati yomon bo'lishi mumkin. Bu normal holat. Hammaning o'z huquqlari bor. Sizlar meni nimadadir ayblayapsizlarmi? Murabbiy o'yindan hafsalasi pir bo'ldi va ichkariga kirib ketdi. Nega menga provokacion savollar beryapsizlar?
- Abdullo Olimov va Sunnatilloning deyarli maydonga tushmayotgani nima bilan bog'liq?
- Jarohat, ular xatto bu erga kelishmadi ham.
- "Neftchi"ning mavsum oldidagi vazifasi saqlanib qoladimi?
- Yana qaytaraman, men ommani to'lqinlantirib yoboradigan gaplar gapirishni istamayman. Men tartibli insonman. Mavsum oxirida "Neftchi" nechanchi o'rinda bo'lishini ko'ramiz. O'shanda "Neftchi" nechanchi o'rinni olganini aytaman.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar