Vitaliy Levchenko: "Hamma futbolchimizda OKMKga qarshi maydonga tushish imkoniyati mavjud"
15 may 00:31
Yangiliklar
Vitaliy Levchenko: "Hamma futbolchimizda OKMKga qarshi maydonga tushish imkoniyati mavjud"
– Yaxshi raqibga qarshi o'yin o'tkazdik. Natija yaxshi, o'yin sifatimizga savollar bor. Raqib yoshlardan iborat ajoyib jamoa ekan.
– Toma Tabatadze gol urolmay kelayotgandi. Bugun u gol urdi. Bu uning keyingi o'yinlariga qanday tasir ko'rsatishi mumkin?
– Uning jismoniy holati bo'yicha savollar bor. Shuning uchun unga o'yin amaliyoti berdik. Hammasi o'ziga bog'liq.
– Keyingi o'yinda Superliga peshqadamiga qarshi safarda o'yin kutib turibdi. Bugungi o'yin bu uchrashuvga tayyorgarlik ko'rish uchun qanchalik ahamiyat kasb etdi?
– Biz har bir rasmiy o'yinga jiddiy yondoshamiz. Bugun rotaciya qildik. Yigitlar o'zlarini tiklab olishlariga etibor beramiz. Olmaliqqa qarshi maydonga tushish imkoniyati hammada bor. Albatta, ertadan OKMKga qarshi o'yinga tayyorlanamiz.
– "Andijon"ga qarshi o'yindan oldin dubl qayd etgan o'yinchiga avtomobil vada qilingandi. Superliga peshqadamiga qarshi o'yindan oldin ham shunday vadalar bormi?
– Bu hammasi homiylarga bog'liq. Biz yigitlarga stimul berishlariga qarshi emasmiz. Biz bunga faqat ha deymiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar