Vitaliy Levchenko: "Biz uchun har bir o'yin olti ochkoli"
19 okt 22:45
Yangiliklar


Vitaliy Levchenko: "Biz uchun har bir o'yin olti ochkoli"
- O'yin haqida fikringiz?
- Juda asabiy va qiyin o'yin bo'ldi. Buni ko'pchilik ko'rdi. Chempionat oxirida hamma bor kuchini berib harakat qilmoqda. Oson raqibning o'zi qolmadi, barcha ochko yig'ishni o'ylamoqda. Hozir vaziyat shundayki, har bir o'yin biz uchun olti ochkoli. Jamoamizni g'alaba bilan tabriklayman va ishlashda davom etamiz.
- Superliga tugashiga 5ta tur qoldi. "Neftchi"ning chempion bo'lish imkoniyatlarini qanday baholaysiz?
- Kurashishda davom etyapmiz. Kuchli beshlikda kim bo'lsa hamma kurashyapti. Shuningdek, pastdagilar ham harakat qilmoqda. Aytib o'tganimdek, har bir o'yin biz uchun qiyin bo'ladi. Chunki bizga qarshi hamma jiddiy hozirlik ko'ryapti. Menimcha, kimda xarakter kuchli bo'lsa, shu jamoa chempion bo'ladi.
- Anvar G'ofurovning holati qanday? Uning jarohati jiddiy emasmi?
- Shifokorlar birinchi yordam ko'rsatib elkasiga muz qo'yishdi. Endi esa apparatga tushishi kerak bo'ladi. Tibbiy xulosa chiqqach u haqda nimadir deya olaman.
- Bugungi g'alabani kimga bag'ishlagan bo'lardingiz?
- Birinchi navbatda jamoamiz muxlislariga. Chunki "Neftchi" ishqibozlariga qoyil qolmasdan iloj yo'q. Ular har bir o'yinda bizni qo'llab turishibdi. O'z navbatida biz ham ishqbozlar ishonchini oqlashga harakat qilyapmiz.
- "Neftchi"ning g'alabali o'yinlarini buyog'iga Siz ham muxlislar bilan birga nishonlamasangiz bo'lmaydi.
- Men har doim ishqibozlarni hurmat qilaman. Ushbu aytgan gapingizni esa albatta inobatga olib qo'yaman.
- Eshitishimizcha, Siz klub bilan shartnomani yana 2 yilga uzaytirar ekansiz.
- Keling, hozircha bu savolni ochiq qoldiramiz.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar