Vitaliy Levchenko: "Shartnomam noyabrda yakuniga etadi"
07 iyu 23:43
Yangiliklar
Vitaliy Levchenko: "Shartnomam noyabrda yakuniga etadi"
Vitaliy Levchenko: "O'yin biz uchun juda muhim edi. Natijani o'ylab biroz bosim ostida edik. G'alabaga erishganimizdan xursandman".
- Nega Silvanus Nimelini maydonga tushirmadingiz?
- U endigina etib keldi, hali ishlash uchun ruxsat olgani yo'q. Ikkinchi davra startigacha formaga kirib olishiga umid qilamiz.
- "Neftchi"da jarohat olganlar ko'p. Bilolxon Toshmirzaev haqida malumot bera olasizmi?
- Bilolxon Toshmirzaev hali to'liq tiklangani yo'q. Umumiy guruhda ishlayotgan bo'lsada og'riq haliyam bor.
- Tanaffusda "Neftchi"ning rejalari qanday?
- O'z bazamizda tayyorgarlik ko'ramiz. Qo'shnilar bilan kelisha olsak shu erda yoki Toshkentda o'rtoqlik o'yinlari o'tkazamiz. Ortiqcha pul sarflashga xojat yo'q, bazamizda hamma sharoitlar bor.
- Ijtimoiy tarmoqlarda Babayan "Neftchi"ga kelishi haqida mish-mishlar paydo bo'ldi. Muxlislar bundan havotirda. Bu malumotlar qanchalik to'g'ri?
- Mish-mishlar har doim bo'lgan. Shartnomam 30 noyabrda yakuniga etadi. Bu menga bog'liq emas.
- Levchenkoga "Navbahor"dan takliflar bo'lyapti degan gaplar bor...
- Qaytaraman, "Neftchi" bilan shartnomam bor, hech kim bilan muzokara o'tkazayotganim yo'q.
- Nimeli qaysi legioner o'rnini egallaydi?
- Hozir biror ismni ayta olmayman. Bu borada qaror qabul qilinmagan.
- "Neftchi" so'nggi 4ta o'yinda 1ta mag'lubiyat, 1ta durang va 2ta g'alaba qayd etdi. Xatolar ustida ishlandimi?
- Kubokdagi mag'lubiyat bizga ruxiy tasir ko'rsatdi. Keyin yigitlar o'ziga kelishdi va talab qilingan narsalarni bajarishdi.
- Toma Tabatadze "Nasaf"ga ham bugungidek gol urgandi. Bu sizning ko'rsatmangiz tufayli bo'lyaptimi?
- O'yindan oldin kim qaysi vazifalarni bajarishini bo'lib beramiz. Yigitlar o'zlariga yuklatilgan ishlarni yaxshi uddalashdi va g'alabaga erishdik.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar