Vitaliy Denisov: Xabarovskka uchish qo'rqitmayapti
24 noy 2017 08:41
Yangiliklar
Vitaliy Denisov: Xabarovskka uchish qo'rqitmayapti
Moskvaning Lokomotiv klubi himoyachisi Vitaliy Denisov Evropa ligasi 5-turida Kopengagenga qarshi o'yindan so'ng (2:1) o'z fikrlarini bildirdi.
– Bazi vaziyatlarda bizga og'ir bo'ldi, ammo amalladik. Himoyada yaxshi o'ynadik, bir-birimizni to'ldirib turdik.
– Barcha «Lokomotiv» tarkib bo'yicha «Kopengagen», «SHerif» va «Zlin»dan ustun demoqda, ammo jamoa hali guruhdan chiqa olgani yo'q.
– Bazida raqibda juda yuqori istak bo'ladi, natija ham shundan.
– Qolgan Rossiya klublari bahorda evrokuboklarda o'ynashlari aniq.
– Demak, ularga qo'shilishga urinamiz. Bizda boshqa yo'l yo'q.
– Xabarovskka (-20 daraja sovuq) uchish cho'chitmayaptimi?
– Ko'pchilik undan ham yomon holatlarda o'yngan. Bu qo'rqinchli emas, shunchaki jarohat olish xavfi ortadi. Albatta, yaxshi holatda o'ynashni istardik, – deydi Denisov.
Fikrlar