So’nggi yangiliklar

20:10Бу йил Супелигада ким чемпион бўлади? Сунъий интеллект жавоб берди  8 20:00Суперлига. "Қизилқум" – "Бунёдкор" (матнли трансляция)  1 19:51"Реал" "Кристал Пэлас" ярим ҳимоячисига кўз тикди  1 19:22"Эвертон" "Манчестер Сити" ҳимоячисига даъвогар  0 18:49МЮ ҳужумчисини "Наполи"га қўйиб юборишга тайёр  0 18:20Агуэро: "Ўзимни мураббий сифатида тасаввур қилолмайман"  0 18:16Суперлига. "Андижон" - "Пахтакор" 1:3 (матнли трансляция)  115 17:48"Тоттенхэм" ярим ҳимоячиси 2026 йилгача майдонга тушмайди  0 17:25"Нефтчи" "Машъал"га ҳеч қандай имкон қолдирмаган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  2 17:06"Реал" бош мураббийи икки ҳимоячига ишонмаяпти  6 16:43"Бобур Арена" "Андижон" – "Пахтакор" учрашувига тайёр!  7 16:11Чемпионлар Лигасига қачон қуръа ташланади?  8 15:56АПЛ клубининг энг ёш эгаси 30 ёшдан кичик. Бу ким?  1 15:18"Манчестер Сити" Ҳусановнинг рақобатчиси билан шартномани узайтирди  3 14:56АПЛ клублари ойна ёпилишидан олдин трансфер рекордини янгилаб бўлди  0

Vitaliy Vizaver: “Andijon”ga yordam berish maqsadida keldim Yangiliklar

Vitaliy Vizaver: “Andijon”ga yordam berish maqsadida keldim

“Andijon”ga Ukrainadan taklif etilgan futbolchi Vitaliy Vizaver jamoa bilan ikkinchi davraga tayyorgarlik ko'rmoqda.
Himoya chizig'ida harakat qiladigan bu o'yinchi asosan Ukraina birinchi va ikkinchi liga jamoalarida to'p surgan. U “Andijon”ga kelguniga qadar birinchi ligada Kramatorskning “Avangard” klubida o'ynagan. Kuni kecha u klub sayti va gazetaga intervyu berdi.

- Sergey Yakovlevichning taklifiga binoan “Andijon”ga keldim, - deb so'z boshladi Vizevar. – Bungacha “Avangard” klubida o'ynayotgandim. Bu jamoada SHevchenkoning qo'l ostida to'p surganman.

- SHevchenko bilan avval ham bitta jamoada ishlaganmisiz?
- Yo'q, faqat “Avangard”da yo'llarimiz kesishgan. Boshqa klublarda birga bo'lmaganmiz. Sergey Yakovlevich “Avangard”dan o'tgan yili birinchi davra tugagach ketgandi. Mana endi O'zbekistonda bu murabbiy bilan yana birga ishlash imkoniyati bo'ldi.

- CHempionatimiz to'g'risida tasavvuringiz qanday?
- To'g'risi, ko'p narsa bilaman deya olmayman. Masalan, “Andijon” jamoasi haqida avval eshitmagandim. Lekin Rossiyaning “Volgar-Gazprom” klubiga kelganimda o'zbekistonlik bitta futbolchi bilan o'ynagandim. Adashmasam, u Gennadiy SHaripov edi. O'zbekistonga o'ynash maqsadida ko'plab yurtdoshlarim kelishgan. Oleksandr Pishurni shu erda to'p surayotganini bilaman. U bilan yaqin aloqadaman deya olamaymanu, har holda tanishman. Ilgari O'zbekistonga kelmaganman va shuning uchun ham chempionatingiz menga qiziq tuyuldi.

- “Andijon”ga qutqaruvchi sifatida taklif etishganini bilasizmi? Jamoa hozir qiyin ahvolda qolgan.
 - Bundan xabarim bor. “Andijon” hozir turnir jadvalida so'nggi pog'onadan joy olgan. Albatta, jamoaga yordam berish maqsadida keldim. Aks holda, bizni bu erga taklif etishmasdi. Oliy ligada jon saqlab qolish uchun hali imkoniyat bor. SHunday ekan, oxirigacha harakat qilish lozim.

- Sergey SHevchenko “Andijon”ni kuchlilar safida olib qolishiga ishonasizmi?

 - Albatta, shunday bo'ladi deb ham o'ylayman. Sergey Yakovlevich o'z ishiga jiddiy yondashadigan murabbiy. Unda g'alabaga etaklaydigan ruh bor. Qolaversa, murabbiyda tajriba katta va u ko'p narsaga qodir. SHu bois SHevchenko biror nima qila olishiga ishonaman. Buning uchun biz ham unga qo'ldan kelgancha yordam beramiz.

- Sizdan avval birinchi davrada “Andijon”da ukrainalik himoyachi Sergey Docenko to'p surgandi. Aynan uning o'rniga sizni taklif qilishdi. Bu futbolchini bilsangiz kerak?
 - Ha, Docenkoni taniyman. U bilan maydonda ko'p to'qnash kelganmiz. Lekin shunchaki taniyman xolos. U bilan ilgari bitta klubda o'ynamaganman yoki do'stmasman.

- Bu yil 35 yoshni qarshi olasiz ekan. “Andijon” faoliyatingizdagi so'nggi jamoa bo'lib qolmaydimi?
 - Butsalarimni mixga ilish haqida hozircha o'ylayotganim yo'q. Yana bir necha yil futbol o'ynamoqchiman. CHunki futbol mening hayotim. SHuning uchun faoliyatimni tugatish niyatim yo'q.

- Jamoada sizni qabul qilishdi?
 - Hammasi ajoyib. Jamoa ahil, hamma bir biri bilan yaxshi munosabatda.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика