"Vilyarreal" himoyachisi: "Liverpul" bilan o'yinda bor kuchimizni sarflashga tayyormiz"
26 apr 2022 19:56
Yangiliklar
"Vilyarreal" himoyachisi: "Liverpul" bilan o'yinda bor kuchimizni sarflashga tayyormiz"
Ispaniya klubining argentinalik himoyachisi Xuan Foyt CHempionlar Ligasi yarim finali doirasidagi "Liverpul"ga qarshi birinchi o'yin oldidan fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Biz ular qanday o'ynashini hali bilmaymiz, ammo biz xotirjammiz, chunki murabbiylar shtabi o'yinga jiddiy yondashib, ko'p soatlik mehnat qilmoqda.
Bor kuchimizni berishga tayyormiz, "Liverpul" "Siti" va "Yunayted"ni mag'lub etgan top-jamoa ekanligini bilamiz. Jamoaning hujum chizig'i kuchli, himoyada esa juda tartibli o'yin ko'rsatadi. Menimcha, "Liverpul" Evropa jamoalari ichidagi eng muvozanatlisidir.
Luis Dias, Mane, Saloh... Men ular bilan hali uchrashganim yo'q, lekin hurmat qilaman. Ular yuqori saviyadagi o'yinchilar, ko'ramiz, qanday bo'larkan", – dedi argentinalik futbolchi.
"Liverpul" – "Vilyarreal" bahsi ertaga 23:59 da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar