Villash-Boash Zenit bilan 3,5 yilga shartnoma tuzadi
14 mar 2014 22:18
Yangiliklar


Villash-Boash Zenit bilan 3,5 yilga shartnoma tuzadi
Hali tasdiqlanmagan malumotlarga ko'ra Andre Villash-Boash Zenit bilan 3,5 yilga mo'ljallangan shartnoma tuzadi, deya xabar bermoqda Sovetskiy sport nashri.
Boash bilan birga uning bir qancha yordamchilari xam Sankt-Peterburgga kelishadi. Ayni paytda bosh murabbiy vazifasini bajarayotgan Sergey Semak murabbiylar shtabida qoladi.
Villash-Boash Rossiya chempionati 21-turi doirasida CSKAga qarshi kechadigan o'yinni stadiondan tomosha qilishi mumkin.
O'zining birinchi mashg'ulotini esa murabbiy seshanba kuni o'tkazishi ko'zda tutilgan.
Portugaliyalik murabbiy oxirgi ish joyi “Tottenhem”dan dekabr oyida istefoga chiqarilgan edi.

Fikrlar