So’nggi yangiliklar

02:45А Серия. "Милан" ва Рома" ўртасидаги ўйин тақдирини битта гол ҳал қилди  5 01:51Туркия Суперлигаси. Истанбул дербисида ақлбовар қилмас камбэк қайд этилди  4 00:52Холанд жорий мавсум "Ман Сити" ва Норвегия терма жамоаси сафида 16 ўйинда 26 та гол урди  0 00:30Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Эльче"ни мағлуб этди  25 23:28АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Борнмут"ни мағлуб этди, Ҳусанов ўйинда иштирок этмади  17 22:30Суперлига. "Қўқон-1912" "Машъал"га мағлуб бўлди, "Сўғдиёна" эса "Қизилқум"ни йирик ҳисобда енгди.  0 22:22"Нефтчи" ўз уйида "Сурхон"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 22:12"Насаф" — "Ал Ваҳда" ўйини ҳакамлари маълум бўлди  6 22:00"Шўртан" Про лигага тушиб кетди  5 21:46"Ал-Ҳалдия" - "Андижон" ўйинини кореялик ҳакамлар бошқаришади  6 21:35Суперлига. "Нефтчи" - "Сурхон" 2:1  0 21:26Рўзиқул Бердиев: "Эртага мазмунли ўйин эмас, натижа учун ҳаракат қилсак тўғри бўлади"  24 20:54Иван Бошкович: "Кам гол ўтказаётган жамоага 3 та урдик"  3 20:37Акмал Рустамов: "Қизилқум"да тенг кучли иккита таркиб йўқ"  1 20:31Жозе Мораеш: "Насаф"нинг салбий натижалари зич тақвим билан боғлиқ"  14

Viktor Kumikov: "O'zbekiston – Qozog'iston bahsi muxlislar orasida katta qiziqish uyg'otishi aniq" Yangiliklar

Viktor Kumikov: "O'zbekiston – Qozog'iston bahsi muxlislar orasida katta qiziqish uyg'otishi aniq"

"Andijon" bosh murabbiyi Viktor Kumikov bo'lajak o'rtoqlik uchrashuvi oldidan qozog'istonlik hamkasblarimiz savollariga javob qaytardi.

Ko'p yillardan buyon Qozog'iston va O'zbekiston futbol mutasaddilari parda ortidan malumot paydo bo'lgach, o'z milliy terma jamoalari o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishga kelishib olishgan. Yakuniy kelishuvga erishish ham mamlakatimiz, ham qo'shni futbol jamoatchiligi uchun kutilmagan bo'ldi. 

Sana ham, joy ham belgilab qo'yilgan — 16 noyabr, Toshkent. Juda uzoq kutilgan tomoshadan zavqlanish uchun faqat kutish qolmoqda. Sports.kz internet-portali "SHaxtyor"ni ikki marta Qozog'iston chempioni unvoniga etaklagan "Andijon" bosh murabbiyi Viktor Kumikov bilan suhbat uyushtirdi.

- Viktor Balyutovich, o'tgan yili "Andijon"ga qaytdingiz, ammo bu klub hozir og'ir kunlarni boshdan kechirmoqda. Bir yil ichidagi mehnatingiz bilan u erda to'g'ri ishni yo'lga qo'ydingizmi?

- Ha, hozir hammasi yaxshi. Biz birinchi o'rindamiz — Superligaga qaytish vazifasi esa deyarli bajarildi.

- Umuman olganda, O'zbekiston Pro ligasi saviyasini qanday baholagan bo'lardingiz?

- Daraja Qozog'iston birinchi ligasi bilan deyarli bir xil. Balki biroz balandroqdir, chunki bu erda farm-klublar, ikkinchi va yoshlar jamoalari yo'q.

- O'z vaqtida "Jetisu" va "Aktobe" klublarida to'p tepgan Bobir Davlatov "Andijon"da o'ynar ekan. Jamoangiz tarkibini qozog'istonlik futbolchilar kuchaytirishni xohlarmidingiz? Yoki hozir bu deyarli imkonsizmi?

- Bizda legionerlar bo'yicha cheklov bor – faqat uch nafar jalb qila olasiz. Ular mavjud va o'yinlaridan qoniqyapman.



- O'zbekiston va Qozog'iston terma jamoalari 2007 yildan beri ilk bor o'rtoqlik uchrashuvida to'qnash kelishadi. Sizningcha, qiziqarli o'yin bo'ladimi?

- Uchrashuv qiziqarli bo'lishi aniq. O'sha paytlarda O'zbekiston kuchliroq edi. Endi kuchlar deyarli teng. Lekin asosiysi, bu jamoalar o'rtasidagi o'yinlar principial ahamiyatga ega.

- Umuman, sizningcha, nega ikki qo'shni davlat o'rtasidagi futbol aloqalari sust? Buning asosiy sababi nima bo'lishi mumkin?

- Vaqti-vaqti bilan aloqalarni o'rnatishga harakat qilinmoqda, lekin siz haqsiz — yanada faolroq hamkorlik qilish mumkin. Nazarimda, Qozog'istonga ko'proq Evropa va boshqalar qiziq. Gap shunda.

- Sizningcha, Toshkentda o'tadigan uchrashuv mahalliy muxlislar orasida shov-shuv ko'tarishga qodirmi?

- Stadion to'lishiga ishonchim komil. O'zbekistonda bu o'yin katta qiziqish uyg'otishi aniq.

- Sizning nuqtai nazaringizda ayni paytdagi O'zbekiston terma jamoasi qanchalik kuchli?

- Ko'p narsa legionerlar o'yinda qatnashadimi yoki yo'qligiga bog'liq. Hamma kelsa, O'zbekistonning imkoniyati oshadi.



- So'nggi paytlarda Qozog'iston terma jamoasi o'yinlarini kuzatib boryapsizmi? Uning UEFA Millatlar Ligasi guruh bosqichidagi muvaffaqiyati haqida qanday fikrdasiz?

- Men Qozog'iston terma jamoasi o'yinlarini kuzatib boraman – milliy jamoada muvaffaqiyatli davr kuzatildi. Ammo Millatlar Ligasining ahamiyatini ortiqcha baholamagan bo'lardim. Barchasi saralash o'yinlarida ko'rinadi.

- Evro-2024 saralashi qura natijalaridan xabardormisiz? Qozog'iston Evropa chempionatining saralash guruhi yoki Millatlar Ligasi pley-off bosqichi orqali final turniriga chiqish uchun kurash olib borishi mumkinmi, nima deb o'ylaysiz?

- Daniya kuchliroq, qolganlari bilan tengma-teng o'ynay olasiz. Millatlar Ligasi orqali bu qiyinroq bo'ladi. Omad!


Murabbiyi chechenistonlik, asosiy yulduzi — etnik o'zbek. Qozog'iston terma jamoasi haqida nimalarni bilishingiz lozim?

Qozog'iston terma jamoasi bosh murabbiyi: "O'zbekiston bilan qiziqarli bahs bo'lishiga ishonchim komil"

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика