"Liverpul" Salohning "Inter" bilan o'yin tarkibidan chetlatilishini jazo deb baholamayapti, boshqa intizomiy choralar ham ko'rilmaydi
08 dek 23:37
Yangiliklar
"Liverpul" Salohning "Inter" bilan o'yin tarkibidan chetlatilishini jazo deb baholamayapti, boshqa intizomiy choralar ham ko'rilmaydi
"Liverpul"dagilar Muhammad Salohning jamoaning yaqin o'yindagi tarkibidan chiqarilishi uning aytgan so'zlari uchun jazo ekanligini inkor etishmoqda.
Misrlik vinger Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 6-turi doirasidagi "Inter"ga qarshi o'yin uchun ingliz jamoasi qaydnomasiga kiritilmadi. Avvalroq Saloh ketma-ket uchta o'yinda asosiy tarkibga tushmaganidan so'ng klubning o'ziga bo'lgan munosabatini tanqid qilgan edi: "Menga alam qilyapti. Men APL g'olibi bo'ldim, ushbu avlod ichida hammadan ko'p gol uryapman. Nima uchun hammasi bunday yakun topishi kerak?".
"The Athletic" xabariga ko'ra, "qizillar" futbolchining milanliklar bilan o'yin tarkibidan chiqarilishini intizomiy chora sifatida baholamayapti. Ushbu vaziyat Muhammadning keyingi o'yinlar qaydnomasiga kirishiga tasir qilmaydi deb hisoblanmoqda.
"Liverpul"dagi manbalarning takidlashicha, futbolchiga nisbatan kelgusida boshqa intizomiy choralar qo'llanilmaydi. Ular qisqa tanaffusdan futbolchi ham, klub ham yutadi deb ishonishmoqda.
Bundan tashqari, mersisaydliklar hali ham futbolchi bilan 2027 yilgacha mo'ljallangan shartnomaga sodiq va yuzaga kelgan vaziyatni hali ham o'nglash mumkin deb hisoblashadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЖЧ-2026га қуръа ташланди. Барча гуруҳлар маълум!
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Плей-офф: "Қўқон-1912" ва "Машъал" Суперлигада қолди
Месси ўз рекордини янгилашда давом этмоқда
Fikrlar