"Manchester Siti"ga qarshi bahsdan oldin Mbappe chap qo'lidagi barmog'ini sindirib oldi, ammo...
08 dek 2025 21:30
Yangiliklar
"Manchester Siti"ga qarshi bahsdan oldin Mbappe chap qo'lidagi barmog'ini sindirib oldi, ammo...
Mbappe "Selta" bilan uchrashuvda barmog'ini sindirdi.
"Real" hujumchisi Kilian Mbappe La Liga doirasidagi "Selta"ga qarshi kechgan o'yinda (0:2) barmog'ini sindirib oldi.
Franciyalik futbolchi uchrashuvning 43-daqiqasida himoyachi Oskar Mingesani aldab o'tayotganda jarohat oldi. Mbappe maydon tashqarisiga chiqdi va chap qo'li bog'langan holda maydonga qaytdi.
"El Partidazo de COPE" nashrining xabar berishicha, Mbappening chap qo'lidagi nomsiz barmog'i singan. Shunday bo'lsa-da, hujumchi chorshanba kuni Chempionlar ligasi doirasida "Manchester Siti"ga qarshi bo'lib o'tadigan o'yinda ishtirok eta oladi.
Qayd etilishicha, Eduardo Kamavinga va Din Xeysenning ushbu bahsdagi ishtiroki so'roq ostida.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar