Flik "Real" va "Selta" o'yinini tomosha qilmadi: "Men uxlayotgandim. "Barsa" bor etiborini o'ziga qaratgan va "Madrid" haqida gapirishni istamaydi"
08 dek 22:13
Yangiliklar
Flik "Real" va "Selta" o'yinini tomosha qilmadi: "Men uxlayotgandim. "Barsa" bor etiborini o'ziga qaratgan va "Madrid" haqida gapirishni istamaydi"
"Barselona" bosh murabbiyi Xansi Flik La Liga turnir jadvalida "Real" bilan oradagi farq haqida fikr bildirdi.
Kataloniya klubi hisobida 16 ta o'yindan so'ng 40 ochko mavjud. Madridliklarda esa – 36 ochko.
– "Real"dan to'rt ochkolik ustunlik siz uchun qanchalik muhim?
– Biz bor etiborimizni "Real"ga emas, o'zimizga qaratganmiz. Biz ular haqida gapirishni istamaymiz.
Biz ulardan to'rt ochkoga oldindamiz, ammo oldinda hali uzoq yo'l turibdi. Biz bor kuchimizni berishimiz shart. Hozir eng muhim o'yin – "Ayntraxt"ga qarshi bo'lajak bahs.
– Siz "Real" – "Selta" uchrashuvini (0:2) ko'rdingizmi?
– Yo'q, ko'rmadim. Men uxlayotgandim. Lekin menga yuborilgan xabarlarni ko'rdim.
Boshqa narsalarga kuch sarflamayman. Men o'z jamoamga etibor qaratganman. Bu eng muhimi, – dedi Xansi Flik.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЖЧ-2026га қуръа ташланди. Барча гуруҳлар маълум!
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Плей-офф: "Қўқон-1912" ва "Машъал" Суперлигада қолди
Месси ўз рекордини янгилашда давом этмоқда
Fikrlar