So’nggi yangiliklar

11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  4 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  0 10:39Пролига. Бугун 14-турга старт берилади  0 10:05Артета Эдегорнинг жароҳати ҳақида гапирди  1 09:32Гвардиола: "Манчестер Сити" мен келганимдан бери ҳар доим "Манчестер Юнайтед"дан кучлироқ бўлган  9 09:00Sofascore. Шомуродов дебют голи учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  7 08:30"Интер Майами" йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Месси эса пеналтидан фойдалана олмади  13 08:01Суперлига. Бугун "Олимпия" стадиони Суперлига баҳсига мезбонлик қилади  1 07:35АПЛ. "Челси" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан бой берди.  5 03:08Акмал Рустамов: "Қўқон шамоли? Бундай об-ҳавода ҳар иккала жамоа ўйнади"  5 02:50Баҳром Ҳайдаров: "Қизилқум"дек жамоани мағлуб этганимиздан хурсанд бўлдим"  2 01:55Суперлига. Ўзбек "Эл Классико"сида "Пахтакор" ғалаба қозонди, "Қўқон-1912" эса ўз майдонида "Қизилқум"ни енгди  2 01:27Камолиддин Тожиев: "Пахтакор"га қарши барча рақиблар 200%га ўйнайди"  8 00:41Левченко: "Пахтакор" нима қилди? Фақат ҳимояланди-ку"  39 00:34Бундеслига. "Бавария" "Гамбург" дарвозасига жавобсиз 5 та гол урди, мюнхенликлар дастлабки 4 та тўпни 29 дақиқа ичида киритишди  0

Vidukaning MYUga o'tmasligiga qo'shiqchi sabab bo'lganmi? Yangiliklar

Vidukaning MYUga o'tmasligiga qo'shiqchi sabab bo'lganmi?

Avstraliyalik futbolchining transferi baribir amalga oshmadi.

Agarda APLning dastlabki dekadasi yorqin to'purarlarini yodga olsak Mark Viduka yuqori o'nlikda bo'lishi aniq. 2000/01 yilgi mavsumda u APLda 17ta ("Liverpul" darvozasiga poker), navbatdagisida esa 11ta gol urgandi. Taxminan o'sha paytlarda "Lids" katta transferlar tufayli qarzga botib ketish arafasida edi. Teddi SHeringem va Endi Koul ketganidan keyin esa avstraliyalikni sotib olish uchun "Yunayted" taklif bilan chiqdi.

Mark Fergyuson bilan gaplashish uchun Manchesterga etib keldi. O'sha vaqtda qo'shiqchi Elton Jon shaharda koncert berayotgandi. Futbolchining agenti Elton bilan tanish edi, shu boisdan u Viduka va agentga koncert uchun chipta tuxfa qildi.

"Bunday taklifga rad javobi berilmaydi - albatta rozi bo'lganman", - deb eslaydi Viduka.


Elton Jon kim? Uni hammamiz yaxshi bilamiz. Bu o'sha "Snickers" reklamasida paydo bo'ladigan, "yurakni parcha-parcha" qiladigan qo'shiqchi.


Mark "Lids"dagi avstraliyalik yana bir futbolchi Jeyms Bernos bilan qo'shiqchining xonasiga kirdi. Elton esa Vidukani ushbu so'zlar bilan kutib oldi: "Mark, sen axir melburnliksan - men bu joyni yaxshi ko'raman!".

Mark Elton bilan qalin do'st bo'lib oldi va shu boisdan u "Yunayted"ga o'tishi uchun bu erda yurganini aytib qo'ydi. Qo'shiqchiga bu muhim emas, u tezda buni unutib yuboradi deb o'yladingizmi? Yo'q!

Jon sahnaga chiqdi va uchta qo'shiq aytib, zalda u: "Keyingi qo'shig'imni muhim qarorga kelish uchun Manchesterga tashrif buyurgan do'stim Mark uchun kuylayman!".

"O'sha laxzada men: "Ana ahmoqlik! Iltimos, boshqa hech nima dema!", deb hayol qildim", - shu tariqa eslaydi Viduka.

Qo'shiqchi o'z ishini qilishda davom etdi, Vidukaning MYUga transferi g'oyasi xavfsizlikda edi. Fergyusonga forvardning o'zi rad javobini bergan va o'shanda u "Lids" o'zi uchun qulay joy deb aytgan. Aytishlaricha, qo'shiqchi bilan uchrashuvdan keyin futbolchining MYUga o'tgisi kelmay qolgan.

Biroq u baribir klubdan ketdi: 2004 yilda "Lids" CHempionshipga tushib ketdi va avstraliyalik futbolchi "Midlsbro"ga o'tdi. U erdagi 3 yillik faoliyatdan so'ng "Nyukasl"ga transfer qilindi.

Agarda Siz Markning faoliyatini qachon yakunlaganini eslay olmasangiz, ajablanmang. U 2009 yilda hech qanday hayrlashuv o'yinlarisiz futboldan ketgandi. 

"Futbolni boshlaganimni hech kimga aytmaganman, nima uchun ketishimni hamma bilishi kerak", - dedi avstraliyalik.

Ayni damda Mark ota-onasining vatani bo'lgan Xorvatiyada yashayapti - ushbu erda u o'zining qahvaxonasini ochgan. Sobiq futbolchi bu erda anchagina baxtli yashayotganini tan oladi.

"Men doimo diqqat markazida va katta bosim ostida bo'lganman. Endi esa mening yagona bosimim - mijozlarga ajoyib qahva tayyorlash".

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика