Verner "Leypcig" tarixiga kirdi
02 okt 2022 14:42
Yangiliklar
Germaniya Bundsligasining sakkizinchi turidan o'rin olgan uchrashuvda “Leypcig” o'z maydonida “Boxum”ni qabul qildi. “Buqalar” 4:0 hisobida ishonchli g'alabani tantana qilishgan bahsda hujumchi Timo Verner ikkita gol urdi.
Manbaning xabariga ko'ra, 26 yoshli hujumchi "RB Leypcig" tarixida jamoa safida 100 ta gol urgan birinchi futbolchiga aylandi.
Timo o'tgan yozda nemis klubiga qaytgandi. U Londonning “CHelsi” klubidan 20 million evroga sotib olindi. Verner "buqalar" bilan 2026 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan uzoq muddatli shartnoma tuzdi.
Hujumchi Bundesliganing joriy mavsumida 7 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar