Venger: "Barselona"ni boshqarish? Yo'q, "Arsenal"da qolishni maqul ko'raman"
02 mar 2017 15:18
Yangiliklar
Venger: "Barselona"ni boshqarish? Yo'q, "Arsenal"da qolishni maqul ko'raman"
"Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Venger o'z klubiga sodiq qoladi.
"Liverpul"ga qarshi APLning 27-tur uchrashuvi oldidan o'tkazilgan matbuot-anjumanida mutaxassisdan yozda "Barselona"ni tark etadigan Luis Enrikening o'rnini egallashi mumkinligi haqida so'rashdi.
"Yo'q, "Arsenal"da qolishni maqul ko'raman. Doimo shunday bo'lgan, niyatim o'zgargani yo'q. Boshqa klublarda ish qidirmayapman. Keyingi darajaga o'tish va "Arsenal"ning o'yinini kuchaytirishga etibor qaratyapman. Yaxshi menejerlar doimo rivojlanishga intiladi.
Xitoydan taklif? Bu "Liverpul"ga qarshi o'yin oldidan o'tkazilayotgan matbuot-anjumani" - deydi Venger.
Arsen Venger va "Arsenal" o'rtasidagi bitim 2016/17 mavsum oxirida yakuniga etadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar