Vali Sultonovning farzandi, "Bunyodkor" asosiy tarkibiga kirishga harakat qilayotgan Umid bilan intervyu
14 fev 2022 14:48
Yangiliklar
Vali Sultonovning farzandi, "Bunyodkor" asosiy tarkibiga kirishga harakat qilayotgan Umid bilan intervyu
Championat.asia sayti muxbiri "qaldirg'ochlar" yarim himoyachisi Umid Sultonov bilan suhbatlashdi.
- "Bunyodkor"ga kelishingiz qanday sodir bo'lgan?
- "Bunyodkor"ga 2015 yilda kelganman. Dastlab akademiyada tahsil oldim, 16 yoshimda Viktor Karpenko meni o'rinbosarlar jamoasiga taklif qilgan. Hozir SHuhrat Maqsudov jamoaning asosiy tarkibiga jalb qildi.
- Taniqli futbolchi va murabbiy Vali Sultonovning farzandisiz. Futbolchi bo'lishingizda otangizning hissasi katta bo'lganmi?
- Albatta, dadamga qiziqib futbolga kirib kelganman. Yoshligimda kelajakda dadamdan ham kuchli futbolchi bo'lishni o'z oldimga maqsad qilib qo'yganman.
- Ko'pchilik sizni Jaloliddin Masharipovga o'xshatishadi. Siz ham xorazmliksiz. Ko'pchilik xorazmlik futbolchilar Toshkentga kelganida sheva bilan bog'liq qiyinchiliklar bo'lishini eshitganmiz. Sizda qanday bo'lgan?
- Boshida kelganimda shevam tufayli qiynalganman, boshqa bollardan ajralib yurardim. Keyin sekin-sekin o'rganib ketganman.
- Barcha futbolchilarning laqabi bor. Sizda ham laqab bormi?
- O'tgan yil "Bunyodkor" asosiy tarkibida tushishni boshlaganimda yoshi katta futbolchilar hazillashib "guruch" deb chaqirishdi. SHu-shu hozirgacha shunday chaqirishmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar