So’nggi yangiliklar

15:556 минг сиғимли стадион "Барса" – "Валенсия" учрашувини қабул қилади. Ла Лига рози  1 15:28"Реал" собиқ футболчиси Гонконгга кўчиб ўтди  0 14:54АПЛ топ-клублари "Барселона" вундеркиндини сотиб олмоқчи  2 14:27Чемпионлар Лигаси 2026/27 йилги мавсум финали Мадридда ўтказилиши мумкин  3 14:05Суперлига. "Насаф" — "Бухоро" 5:0  0 13:57Тимур Кападзе: "Атрофдаги воқеалардан жуда чарчадим"  73 13:34Ямаль: "Олтин тўп"ларим кўп бўлишини орзу қиламан"  5 13:06Аёллар ОЧЛ гуруҳ босқичига қуръа ташланди: "Севинч" Эрон, Хитой ва Ҳиндистон жамоалари билан ўйнайди  3 12:49ЖЧ-2022 ярим финалчиси Ўзбекистон билан ўртоқлик ўйини ўтказмоқчи  11 12:20"Насаф" "Бухоро" дарвозасига 5 та тўп йўллаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  1 11:55Аргентина ва Албания ирқчилик туфайли 6 хонали сондан иборат жаримага тортилди  3 11:19U-23 Осиё кубогига қуръа ташлаш санаси маълум  14 10:57"Реал" ва Испания терма жамоасининг собиқ футболчиси фаолиятини Гонконг чемпионатида давом эттиради  0 10:30Португалия футболи юлдузлари "Шон-шараф" залига киритилди  1 10:04МЮнинг яна бир футболчи фаолиятини Туркияда давом эттиришга яқин  2

Vali Sultonov “Xorazm” bosh murabbiyi etib tayinlandi Yangiliklar

Vali Sultonov “Xorazm” bosh murabbiyi etib tayinlandi

Birinchi ligada ahvoli qiyinlashib qolgan “Xorazm”ning bugungi xolatiga havas qilib bo'lmaydi.
Urganchliklar birinchi bosqichdan so'ng bosh murabbiysiz qolib ketgandi. Boisi bungacha boshqaruv postida ishlab kelgan Mansur Davletov ayrim sabablarga ko'ra, o'z lavozimidan ozod etilgandi. “SA”ning aniqlashicha urganchliklar o'yinlarga murabbiysiz tayyorgarlik ko'rib, safar uchrashuvlariga ham asosan 16-17 kishilik delegaciya bilan borayotgandi. Xususan “UzDongJu” bilan bahsda o'zimiz shunga amin bo'ldik. O'z vaqtida oliy ligada ishtirok etgan “Xorazm”da shu kuni na murabbiy, na shifokor bor edi. O'yinni yuqoridan tasvirga tushirgan yigit ham futbolchi bo'lib, u Temur Ismoilov edi. Qiziq xolat albatta. SHunday emasmi?

Yil boshida klub rahbari Sultonboy Nurmetov bilan suhbatlashganimizda, klubning joriy mavsumdagi byudjeti 3 milliard so'm ekanligini va bu yil oliy ligaga chiqish uchun kurashishini takidlagandi. Ammo biriktirilgan homiylardan vada qilingan pullar o'z vaqtida klub hisob raqamiga tushmagan ko'rinadi. SHu bois “Xorazm” ikkinchi bosqichda turnir jadvalida sezilarli ravishda pastlab ketdi. Boz ustiga jamoani muammolar girdobidan olib chiqib keta oladigan malakali murabbiyning yo'qligi ham o'z tasirini o'tkazmasdan qolmadi. Qolaversa darvozabonlar bilan bog'liq mummo yuzaga kelgach, jamoa ishini yanada ortga surdi. Ayniqsa vodiyda kechgan bahslarda “Xorazm” bu borada anchagina qiyinchilikka duch keldi. Tarkib jihatdan birinchi liga klublari bilan bemalol raqobat qila oladigan urganchliklardan tabiiyki mahalliy muxlislar bunday ishtirokni kutmagandi. Lekin klubda moliyaviy muammolar bor ekan, har qanday kuchli tarkibga ega bo'lmang baribir bu narsa natijaga tasir o'tkazmasdan qolmaydi.  
Klub rasmiylarining saytimizga malum qilishicha, kecha jamoada Vali Sultonov rasman ish boshladi. Taniqli murabbiy uchun jamoa begona emas. Boisi o'quvchilarimiz yaxshi eslashsa kerak, Sultonov ilgari “Xorazm”ni oliy ligada ham boshqargandi. Ko'ramiz, bu murabbiy jamoani inqirozdan olib chiqib keta olarmikin.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика