So’nggi yangiliklar

22:44Отабек Нарзуллаев: "Ғалаба учун келгандик, бироз омад етишмади"  0 22:26Иван Бошкович: "Об-ҳаво ҳам ўйинга таъсирини ўтказди"  1 21:53"Барселона" Кристенсен бўйича қарорини ўзгартирди  0 21:22"Антверпен" — "Ауд-Хеверле Лёвен". Таркиблар маълум  4 21:16"Кристал Пэлас" трансферларга катта пул ишлатган "Ливерпуль"ни мағлуб қилиб, Англия Суперкубогини қўлга киритди!  24 20:55"Ман Сити" Доннаруммага қизиқмоқда. Клуб "Галатасарой" билан келишуви бор Эдерсоннинг кетишига тайёргарлик кўрмоқда  0 20:30Суперлига. "Сўғдиёна" Жиззахда "Машъал" билан ўйинда ғалабани ўзиники қилди  12 20:04"Ризеспор" — "Гёзтепе". Чемпионатнинг илк тур ўйини учун таркиблар маълум  0 19:54"Ливерпуль" Англия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0 18:28Суперлига 17-тур учрашувларидаги ҳакамлик қарорлари таҳлили  3 16:55"Насаф" охирги бор Фарғонада "Нефтчи"ни қачон ютган?  19 16:30Суперлига. Марказий ўйинларга бой 18-тур превьюси  5 16:10"Футбол олами". "Пахтакор"да мағлубият, "Насаф" ва "Навбаҳор"да дуранг, "Нефтчи"да ғалаба  0 15:42Аморим Шешконинг трансфери ҳақида гапирди  0 15:17"Ман Сити" Родрига "Реал" қизиқиш билдираётганидан хавотирда  2

Valeriy Karpin: "Inesta "it" emas" Yangiliklar

Valeriy Karpin: "Inesta "it" emas"

"Spartak" sobiq bosh murabbiyi Valeriy Karpin "Barselona"ning PSJdan yirik hisobda mag'lub bo'lishi (0:4) sabablari haqida gapirdi.

"Bir tomondan PSJ hayron qoldirdi. Boshqa tomondan jamoa shunday o'yin ko'rsatishi kutilgan edi. Haqiqatdan ham hayron qoldirgan inson Luis Enrike bo'ldi.

Ilk daqiqalardan jamoa anchadan beri foydalanmagan 4-4-2 sxemasida o'ynayotgani ko'rindi. "Barselona" so'nggi 20 daqiqalikda g'alaba qozondi, ammo ilk daqiqalardan ustunlik qilganini anchadan beri eslay olmayman. Jamoa bunday uchrashuvga tayyor emasdi.

4-4-2 (bu himoyaviy sxema) da o'ynash va raqib maydonida pressing uyushtirish - muammolarga olib keladi. Buskets va Inesta oldinga chiqib ketgan paytlarda, katta bo'shliq paydo bo'la boshladi. SHundan so'ng xavfli vaziyatlar va gollar bo'ldi.

4-3-3 sxemasida Buskets bir o'zi tayanch yarim himoyachisi bo'lib qolganida muammolardan qutilib qolsa bo'lar edi. "Barselona"da ikki tayanch yarim himoyachisi oldinga chiqib, tezda ortga qaytishi kerak edi. SHu sababli "Barselona" hujumlarida uzilishlar ko'p bo'ldi.

"Atletiko" - ayni damda 4-4-2 sxemasida o'ynaydigan eng yaxshi jamoa. Ikki tayanch yarim himoyachilari bizning til bilan aytganda "it" vazifasini o'taydi. Inesta esa "it" emas - u hujumlarni boshlab beradi.

Messi to'pni yo'qotganida ortga qaytmadi. Ammo u hech qachon bunday qilmagan. SHu sababli ushbu muammolarni unga ag'darish to'g'ri emas. Leo tayanch hududiga qaytishi kerak bo'ldi, chunki u erda futbolchi etishmayotgan edi va Messi o'sha joyda hujumni boshlashga harakat qildi. Muammo shundaki, argentinalik to'pni o'z yarim maydonida qabul qildi.

Bu sxemadan foydalanish mumkin va ayni damda ko'plab murabbiylar bu usulni qo'llashmoqda. Undan "Barselona" futbolchilari bilan foydalanish mumkin, ammo o'yin tarzini o'zgartirish kerak. Yani bu sxema bo'yicha sen jiddiy pressing uyushtirmaysan" - deydi Karpin.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика