"Valensiya" yaqin vaqt ichida bosh murabbiysiz mashg'ulot o'tkazadi
29 dek 2017 18:45
Yangiliklar
"Valensiya" yaqin vaqt ichida bosh murabbiysiz mashg'ulot o'tkazadi
"Valensiya" rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Marselino Toral haqida malumot berdi.
24 dekabr kuni 52 yoshli mutaxassis Asturiyada avariyaga uchragan edi. Logrono va Bilbaoni bog'lab turuvchi trassada murabbiyning mashinasi yo'lga otilib chiqqan to'ng'izga urilgan.
Marselino kasalxonaga yuborildi va u erda tibbiy ko'rikdan o'tib, uyiga ketish uchun ruxsat oldi. 52 yoshli mutaxassisning hayotiga hech narsa xavf solmayapti.
"SHifokorlar tavsiyasiga ko'ra bosh murabbiy Marselino Garsiya Toral bir necha kun davomida dam oladi. U yo'l-transport xodisasidan so'ng o'ziga kelib olishi, mashg'ulotlarga tayyor bo'lishi kerak" - deyiladi bayonotda.
"Valensiya"ning navbatdagi uchrashuvi 6 yanvar kuni "Jirona"ga qarshi bo'lib o'tadi.
Fikrlar