Ispaniya OTJ futbolchilari: "Tokio-2020dan tugallanmagan ishimiz bor. Maqsadimiz - oltin medal"
24 iyu 2024 15:55
Yangiliklar
Ispaniya OTJ futbolchilari: "Tokio-2020dan tugallanmagan ishimiz bor. Maqsadimiz - oltin medal"
"Barselona" va "Bolonya" klubi futbolchilari Erik Garsiya va Xuan Mirandalar Ispaniya olimpiya terma jamoasi bilan Parij Olimpiadasida ishtirok etadi. Ushbu futbolchilar uchun bu ikkinchi Olimpiada bo'ladi. Garsiya va Miranda uch yil avvalgi Olimpiadada ham ishtirok etishgandi va Ispaniya terma jamoasi bilan kumush medallarni qo'lga kiritishgan edi.
Ikki futbolchi ketma-ket ikkita Olimpiya o'yinlarida ishtirok etgan futbolchilar sifatida rekord qayd etish arafasida. Ushbu holat bo'yicha futbolchilarning fikri esa quyidagicha.
"Bunday natija qayd etish biz uchun sharaf. Santi menga qo'ng'iroq qilganida, bir soniya ham o'ylab o'tirmadim. Men rozi edim. Dastlabki Olimpiadam menga juda ajoyib bo'lgan edi. Bu qandaydir unikal va tasvirlab bo'lmas hissiyot. Olimpiya shaharchasida yashash va o'z kumirlaringning yonida o'tirish bu juda ajoyib" - deydi Xuan Miranda
"Oltin medal. Faqatgina oltin. Tokioda tugallanmay qolgan ishimiz bu safar yakunlashimiz kerak. Sovrindor bo'lish yaxshi, ammo bizga oltin medal kerak" - deya fikr bildirdi himoyachi Erik Garsiya

O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar