Valbuena: "Benzemaga etirozim yo'q, mojaro ortda qoldi"
19 sen 2016 18:14
Yangiliklar
Valbuena: "Benzemaga etirozim yo'q, mojaro ortda qoldi"
"Lion" yarim himoyachisi Matyo Valbuena "Real" hujumchisi Karim Benzema bilan bog'liq mojaroni boshdan kechirish qiyin bo'lganini tan oldi.
"Mavsum juda yomon o'tdi. O'sha mojaroni boshdan kechirish qiyin bo'ldi, buning uchun kuch kerak edi. Benzemaga etirozim yo'q. Biz u bilan anchadan beri uchrashmadik. To'g'risini aytsam, Evrodan so'ng bu haqda o'ylamadim" - deydi Valbuena.
Fikrlar