So’nggi yangiliklar

18:26Диалло "МЮ" ҳақида: "АПЛда кучли бешликка кирсак, мавсумни омадли деб ҳисобласа бўлади"  1 17:49Расман: Улуғбек Ҳошимов – "Динамо" футболчиси  2 17:11Лапортнинг Европага қайтиш эҳтимоли юқори  0 16:42Лофтус-Чик: "Бизга Модричнинг тажрибаси керак"  0 16:18АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 15:51"Реал" Винисиус билан шартнома бўйича музокараларни қайта бошламоқчи  1 15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  5 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  6 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  1 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  3 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0

Vadim CHemirtan AGMK bilan Turkiyaga boradi Yangiliklar

Vadim CHemirtan AGMK bilan Turkiyaga boradi

Teglar :  Vadim CHemirtanAGMK
To'rt kunlik kichik tatildan so'ng, AGMK azolari bugun navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazish uchun Turkiyaga jo'nab ketadi.

AGMK kecha poytaxtimizdagi "Turkiston" mehmonxonasida to'planishdi. Kecha yoshlar jamoasi futbolchilari va murabbiylari tibbiy ko'rikdan o'tishdi. Bugun asosiy tarkib vakillari kunning birinchi yarmida Olmaliqda tibbiy ko'rikdan o'tishadi. Kechki payt esa Toshkent-Istanbul-Antaliya yo'nalishida Turkiyaga uchib ketiladi.

Bu galgi yig'inda ishtirok etadigan futbolchilar ro'yxatida bir qator o'zgarishlar mavjud. Xurshid Xodjaev jarohatdan forig' bo'lgan, ammo to'liq kuch bilan mashg'ulotlarda qatnashishi uchun biroz vaqt kerakligi bois bu yig'inda qatnashmaydi. SHuningdek, Akbar To'raev va Muhammad Isaev yaqinlashib kelayotgan mavsumni boshqa jamoada o'tkazishi mumkin. Yoshlar jamoasidan mashg'ulotlarga olib ketilgan Kamronbek Abdulhamidov, SHahzodbek Alakulov va SHaxboz Umarovlar Olmaliqda Azam SHerg'oziev qo'l ostida mashg'ulotlarda ishtirok etishadi.

Turkiyaga yo'l olayotgan AGMK tarkibi quyidagicha: Roman Abdulov, Nizomiddin Ziyovutdinov, Abduqahhor Hojiakbarov, Vladislav Kasminin, Javlon Guseynov, Saydullo Rahmatov, Xurshid Muxtorov, Qahramon Bahodirov, Mirjalol Miryusupov, Lutfulla To'raev, G'ulom-Haydar G'ulomov, Dilshod Jo'raev, Sanjar Rixsiboev, Otabek Zokirov, Muzaffarjon Muzaffarov, Ibrohim No'monov, Kamoliddin Murzoev, Abdumalik Abdullaev, Zafar Polvonov, SHohnazar Norbekov.

Antaliyada jamoa safiga Pavel Matyash, Vladimir Bubanya, Yovan Jokich va Vadim CHemirtanlar kelib qo'shiladi.

Ko'rib turganingizdek, bu gal mashg'ulotlarda yoshlar jamoasi azosi Mirjalol Miryusupov, o'tgan mavsumni "So'g'diyona"da o'tkazgan Qahramon Bahodirov va "Bunyodkor" hujumchisi Vadim CHemirtanlar ham ishtirok etishadi.

AGMKning bu galgi xorij yig'ini 2 fevraldan 18 fevralga qadar davom etadi. Yig'in davomida 4ta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish rejalashtirilgan.

Reyting: -17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика