So’nggi yangiliklar

19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  0 19:04А Серия. "Милан" 77-дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда, ўз уйида "Сассуоло"ни мағлуб этолмади  5 18:22"Удинезе" — "Наполи". Таркиблар маълум  0 18:08Суперлига ўтиш ўйинини ким бошқаради?  4 17:49"Манчестер Сити" ва "Тоттенхэм" ўйинлари учун таркиблар маълум  16 17:33Марко Станоевич Ўзбекистондаги фаолияти, "Насаф"дан кетиши ва унга қарши ўйнаган энг яхши футболчилар ҳақида гапирди   1 16:54"Персеполис" — "Алуминиум Арак". Таркиблар маълум  1 16:15"Насаф": Умар Эшмуродов билан шартнома узайтирилди  0 15:13"Гулистон" 16 декабрдан ўқув-йиғин машғулотларига киришади. Клуб президенти, директори ва бош мураббийи маълум  13 14:31"Тоттенхем" 70 миллионлик форвардни нишонга олди  4 13:57"Реал" янги ҳимоячининг трансфери бўйича келишиб олди  2 13:11"Реал" Камавингага нарх қўйди  7 12:22"Реал" "Манчестер Юнайтед"дан ҳимоячи сотиб олиши мумкин  4 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: “Сити”, “Бавария”, “Реал” ва бошқалар  0 11:34"Реал" Хаби Алонсони бугуноқ истеъфога чиқариши мумкин  29

O'zimizga muammo yaratib, qahramonlarcha g'alaba qozondik. Vadim Abramov Olmaliqdagi g'alaba va qizil kartochka vaziyati haqida Yangiliklar

O'zimizga muammo yaratib, qahramonlarcha g'alaba qozondik. Vadim Abramov Olmaliqdagi g'alaba va qizil kartochka vaziyati haqida

Metallurg - Dinamo (0:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida dastlab Vadim Abramov o'yin borasidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Tabrik uchun rahmat! G'alati vaziyat, o'z-o'zimizga muammolar yaratyapmiz. Birinchi bo'limda yomon o'ynamadik va hisobda ustunlik bilan chiqdik. Ikkinchi bo'limda faqat to'g'ri o'ynashimiz kifoya edi. Biroq biz o'zimizga muammo yaratdik va vaziyatni qiyinlashtirdik. Yakunda qahramonlarga o'xshab, g'alabani kurashib saqlab qoldik. SHunga qaramay, yigitlarga oxirigacha kurashgani uchun rahmat deyman. 

- Birinchi davradagi o'yinda ham chetlatish kuzatilgan va «Dinamo» kambek qilib, g'alabani ilib ketgandi...

- Ha, o'sha o'yinga o'xshab ketdi. Bugun qanday jamoaga qarshi to'p surayotganimizni bilardik va qiyin g'alabaga erishdik.

- Ravshan Yagudinning oddiy vaziyatda qizil kartochka olib maydonni tark etishi tushunarsiz va futbolda unikal hodisa bo'ldi...

- Bilmadim, hakamdan so'raganimda u «darvozabon to'pni darhol tepib yuborganida sariq kartochka bo'lardi, ammo u hujumchi kelishini kutdi va keyin to'pni tepib yubordi», dedi. 

Ehtimol, u to'pni darhol tepib yuborganida hech kim bu vaziyatga etibor qaratmasdi, balki. Ochig'i, vaziyatni bir ko'rishda uncha tushunmadim, bu men uchun tushunarsiz bo'ldi. Yangi qoidalar ko'payib ketgandek... Yaxshiyamki, o'sha vaziyatda penalti belgilanmadi. Vaziyat qanday talqin qilinayotgani tushunarli emas, - deydi Vadim Karlenovich.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика