So’nggi yangiliklar

16:55"Қизилқум" — Акмал Рустамовга сербиялик мураббий натижасини такрорлаш учун 7 та ўйин кифоя қилди  0 16:35Про лига 12-турида ишловчи расмийлар билан танишинг  0 16:25Суперкубок. ПСЖ - "Тоттенхэм" ўйини олдидан превью  0 16:10"Майдон атрофидаги муҳит ўйиндан ҳам қайноқроқ эди. Лушчанга тан бериш керак" — Санжар Асқаралиев водий дербиси ҳақида гапирди  2 15:50АПЛ 1-тур ўйинлари бир дақиқалик сукут билан бошланади  0 15:30"Хоразм" тарихий натижа остонасида  0 15:15"Қалдирғочлар"нинг меҳмондаги парвози давом этадими?  0 14:45⚡️Bild: Йоахим Лёв Ўзбекистон терма жамоаси таклифини рад этди  36 14:21Элит ОЧЛ. "Ал Дуҳайл" ва "Ченгду Ронгченг" плей-оффда ғалаба қозонишди  1 14:15"Қўқон-1912" 8 йилдан сўнг Ғузордан 3 очко билан қайтди  0 13:49"Қўқон-1912"нинг 9 ўйинлик мағлубиятли серияси якунланган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 13:45"Сурхон" май ойидан буён Термизда гол ура олмаяпти  1 13:24Луис Энрике: "Тоттенхэм" бир ойдан буён тайёрланмоқда, биз эса бир ҳафта шуғулландик холос"  0 12:27"Нефтчи" ва "Насаф" ўртасидаги ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 12:01Эшитдик-да! "Динамо" - "Пахтакор" учрашуви бош ҳакамига "қизил карточка" кўрсатилди  46

Vadim Abramov: "Zominga Germaniya terma jamoasi kelsa ham qiyinchilikka duch keladi" Yangiliklar

Vadim Abramov: "Zominga Germaniya terma jamoasi kelsa ham qiyinchilikka duch keladi"

"So'g'diyona" - "Lokomotiv" (0:2) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida dastlab Vadim Abramov ishtirok etdi.
"Bugungi maydonda istalgan jamoa qiynaladi. Bu erda Germaniya terma jamoasi kelsa ham qiyinchilikka duch keladi. Agar maydon holati yaxshilansa tomoshabinlar ham boshqacha futbol ko'ra boshlashadi", - deb gap boshladi Vadim Abramov.

"Alisher SHog'ulomov faqat bitta taym o'ynayotganining sababi bizda bir nechta kuchli hujumchilarimiz bor. Barchaga birdek imkoniyat berayapmiz".

"Bunday maydonda kombinaciya qilishning iloji yo'q, to'pni oldinga tepib yuborsangiz har doim ham g'alaba qozona olmaysiz. Sifatsiz maydonga tayyorlanib bo'lmaydi, to'pning qaerga borishini oldindan bilib bo'lmaydi".

"Hakamlar ikkala tomonga xato qilishadi, aslida mezbonlar tomoniga xato qilsa muxlislar jim o'tirishadi. Aksincha bo'lsa muxlislar baqirishadi, buning oqibatida boshqacha manzara hosil bo'ladi".

"Agar "Lokomotiv" OCHL yo'llanmasini qo'lga kiritsa, O'zbekiston nomini munosib himoya qilamiz".

"Klubimiz tarkibidan qancha ko'p futbolchi terma jamoaga chaqiruv olishsa bundan xursand bo'lamiz. Terma jamoa qanchalik yuqori o'rinni olsa bizga ham yaxshi", - deydi Vadim Abramov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика